Quyida PKSh ning namunaviy shakli keltirilgan
Aktivlar
Passivlar
Sof хorijiy aktivlar (NFA)
Sof ichki aktivlar (NDA)
Cof kreditlar (NDC)
Davlatga sof kreditlar (NDC
g
)
Iqtisodiyotga kreditlar (NDC
r
)
Boshqa sof moddalar (OIN)
Keng ma’nodagi pul massasi (M2)
Tor ma’nodagi pul massasi (M1)
Muomaladagi naqd pullar (CY)
Bank tizimining talab qilib olinguncha hisoblaridagi mablag‘lar(DD)
Kvazi pullar (QM)
PKShning passiv qismi iqtisodiyotdagi likvid mablag‘lar miqdorini ifodalaydi.
Unga ko‘ra pul massasi bank tizimi yaratgan muomaladagi pullardir.
Moliyaviy vosita sifatida ”pul” tushunchasini aniqlashda iqtisodchilar bir qancha
me’yorlarni qo‘llaydilar. Хususan, moliyaviy vosita, agar u to‘lov vositasi, qiymat
me’yori kabi vazifalarni bajarib, belgilab qo‘yilgan nominal qiymatga ega bo‘lsa va
likvid bo‘lsa (ya’ni, o‘sha zahotiyoq foydalanilishi mumkin bo‘lsa), hamda u qonuniy
to‘lov vositasi bo‘lsagina pul tarkibiga kiritilishi mumkin.
Tor ma’noda pul massasi bankdan tashqaridagi naqd pullar (CY) bilan bank
tizimidagi talab qilib olinguncha hisoblardagi mablag‘larning yig‘indisiga teng. Tor
ma’nodagi pul massasi iqtisodiy adabiyotlarda M1 deb belgilanadi. Muomaladagi
naqd pullar deganda barcha bosib chiqarilgan naqd pullar emas, balki bank tizimidan
tashqarida bo‘lgan naqd pullar nazarda tutiladi.
Tor ma’nodagi pul massasi (M1) = Muomaladagi naqd pullar (CY) +
+ Talab qilib olinguncha depozitlar (DD).
Kengroq ma’nodagi pul tushunchasi M1dan tashqari kvazipullarni (QM) ham
qamrab oladi. Kvazipullar tarkibiga bank tizimining muddatli va jamg‘arma
hisoblaridagi mablag‘lar kiradi. Keng ma’nodagi pul massasi (M2) kategoriyasi bank
130
tizimining majburiyatlariga mos keladi. Хususan, unga rezidentlarning valuta
hisoblaridagi mablag‘lar, depozit sertifikatlari va qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha
REPO bitimlari kiradi.
Keng ma’nodagi pul massasi (M2) = Tor ma’nodagi pul massasi (M1)+
+ Kvazipullar (QM)
yoki
M2 = CY + DD + TD.
(9.5)
Bank tizimi aktivlari va majburiyatlarining ayniyati - pul massasi miqdori (M2)
balansning qarama-qarshi tomonidagi komponentlarning, ya’ni: milliy valutada
ifodalangan sof хorijiy aktivlar (NFA) va sof ichki aktivlarning (NDA) yig‘indisiga
tengligini anglatadi. Boshqacha aytganda, umuman bank tizimi uchun quyidagi
tenglamani yozish mumkin:
M2 = NFA + NDA .
(9.6)
Sof ichki aktivlar (NDA) sof ichki kreditlar (NDS) va boshqa sof moddalar
yig‘indisiga teng bo‘lganligi uchun, 9.6 tenglamani quyidagicha ifodalash mumkin:
M2 = NFA + NDC + OIN
(9.7)
yoki oqimlar ko‘rinishida:
DM2 = DNFA + DNDC + DOIN .
(92.8)
Yuqorida ko‘rib chiqilgan pulning M2 va M1 kategoriyalari amaliyotda eng
keng tarqalgan kategoriyalardir. Ko‘pchilik mamlakatlarda mamlakat iqtisodiyoti
erkinlashtirilganidan so‘ng pul massasining M3, M4 va L kabi kengroq
ko‘rsatkichlari ham qo‘llanila boshlandi.
Har bir mamlakatda M3ning хususiy muayyan ta’rifi berilishiga qaramasdan,
odatda ushbu agregat M2 va qo‘shimcha pul vositalarining kengroq spektorlari va
emitent muassasalarini qamrab oladi. Pul massasining bu agregatiga yo‘l cheklari va
131
turli tijorat qog‘ozlari (pul bozorining pay fondlarida qatnashish sertifikatlari, pul
vaucherlari) kiradi.
M4 agregati M3 agregati va likvid davlat qimmatbaho qog‘ozlari, erkin
muomaladagi obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositachilarning majburiyatlarini
qamrab oladi. Ba’zan, shuningdek “likvid mablag‘lar” (L) deb nomlanadigan yanada
kengroq pul kategoriyasidan ham foydalaniladi. Ushbu kategoriyaga M4dan tashqari
likvidlik darajasi pastroq bo‘lgan g‘aznachilik qisqa muddatli obligatsiyalari, davlat
obligatsiyalari, garovlar bilan ta’minlangan obligatsiyalar va hattoki, ayrim
korporatsiyalarning obligatsiyalari singari moliyaviy aktivlar ham kiradi.
Moliya bozoridagi yangiliklar pullar bilan o‘z tavsiflariga ko‘ra, pullarga yaqin
bo‘lgan boshqa aktivlar orasidagi chegaralarni yo‘qotib bormoqda. Shuning uchun
hozirgi paytda iqtisodchi olimlar orasida moliyaviy aktivlar o‘rtasidagi chegaralar
qayerdan o‘tishi lozim, nimalarni pul deb va nimalarni moliyaviy aktivlar deb
hisoblash kerak degan masalalarda mushohadalar bo‘lmoqda.
Moliyaviy aktivlarning umumiy spektorida bir qutbda naqd pullar (foiz
keltirmaydigan), boshqasida esa yuqoriroq daromad keltiradigan, lekin pastroq
likvidlikka ega bo‘lgan aktivlar turadi. Pul-kredit siyosatini olib borish va pul
sohasidagi vaziyatni kuzatib borishda pul massasining biror-bir ko‘rsatkichidan
foydalanish zarurligi pul agregatlarining barqarorligi va ularning ihtisodiyotdagi yalpi
talab bilan bog‘liqliklari, hamda PKBIning ushbu pul agregatining miqdorini nazorat
qilish imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Demak, pul massasi tarkibiga moliyaviy
aktivlarning qaysidir bir turi har doim kirishini, hamda amaldagi pul tushunchasi
kelgusida o‘zgarmasligni kafolatlab bo‘lmas ekan. Qaysi aktivlarning pul massasi
tarkibiga kirishi empirik usulda amalga oshiriladi va shu sababli, pul agregatlarining
bir nechta turlarini tahlil qilib borish lozim.
132
Do'stlaringiz bilan baham: |