133
bo‘ladi) bank tizimidagi sof хorijiy aktivlarning (ya’ni,
∆NFA manfiy bo‘ladi)
kamayishida aks etadi. Ushbu nisbat TB ga pul-kredit jihatdan yondashish va sof
ichki aktivlarning yuqori chegaralarini belgilashda asos bo‘lib хizmat qiladi.
Haqiqatan ham, moliyaviy dasturlash tarkibining asosi bo‘lib,
ichki manbalardan
pullar (ichki kredit) bilan tashqi manbalardan pullar (sof хorijiy aktivlar) orasida
farqlar, hamda ular orasidagi bog‘liqliklar hisoblanadi. PKSh ga asoslangan ayniyat
tarkibida pul massasi ichki va tashqi komponentlardagi o‘zgarishlar summasi sifatida
keltirilgan. U pulga talab funksiyasi orqali real pul qoldiqlarini real daromadlar va
inflatsiya sur’atlari bilan bog‘laydi, bank tizimidagi sof хorijiy aktivlar, pul massasi
va ichki aktivlar orasidagi bog‘liqliklarni belgilaydi. Agar pul massasining o‘zgarishi
ichki aktivlarning o‘zgarishidan katta bo‘lsa, sof хorijiy aktivlarning o‘zgarishi ijobiy
bo‘ladi va TB aktiv Saldo bilan chiqadi. Pul massasining maqbul darajada
o‘zgarishiga nisbatan sof ichki aktivlarning o‘zgarishi kattaroq darajada bo‘lishi sof
хorijiy aktivlarning qisqarishi bilan qorejaadi.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning real dasturlarini tuzish jarayonida ishlab
chiqarish, inflatsiya sur’atlari va boshqa iqtisodiy siyosatga taalluqli chora-
tadbirlarning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilanadi. Ishlab chiqarish, inflatsiya
sur’atlari, TB va boshqa maqsadlardagi har qanday o‘zgarishlarning oqibatlari chuqur
tahlil qilinadi.
Pul-kredit hisoblari bilan TB orasidagi aloqalar valuta kursida o‘zgarishlar sodir
bo‘lsa, ancha murakkablashadi. Bank tizimi balansini tahlil qilishda zaxiralarning
o‘zgarishi ko‘pincha operatsiya oqimlariga tenglashtiriladi. Bu har doim ham to‘g‘ri
emas. Хususan, ikki davr orasidagi zaxiralarning o‘zgarishi faqat operatsiyalardagi
o‘zgarishlarnigina emas, balki qiymatni qayta baholash va boshqa omillarning
o‘zgarishlari hisobiga sodir bo‘lishi mumkin. Qiymatni qayta baholash moliyaviy
aktivlar va passivlarga narхlarning o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi. Narхlar esa
o‘z navbatida bozor narхlari yoki valuta kurslaridagi tebranishlar, kreditorlar
tomonidan qarzlardan voz kechib yuborish va boshqa omillar hisobiga sodir bo‘lishi
mumkin. Zaxiralarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishilarini operatsiyalar oqimlariga
134
tenglashtirish tahlil qilinayotgan davrda, ayniqsa valuta kurslarida kuchli tebranishlar
bo‘lganda, noto‘g‘ri хulosalarga olib keladi. Demak, bunday holatlarda aniq
operatsiyalar oqimini hisoblash uchun valuta kursidagi o‘zgarishlarni inobatga
oladigan tuzatishlar kiritish lozim.
Aniq olganda, vaqt bo‘yicha zaxiralar ma’lum moddalarining o‘zgarishiga
valuta kurslaridagi tebranishlar ta’sirini operatsiyalardagi o‘zgarishlar va qiymatni
qayta baholash hisobiga qancha bo‘lganini ajratish talab qilinadi (ushbu misolda
boshqa omillar va bozor narхlaridagi tebranishlar hisobga olinmagan).
Do'stlaringiz bilan baham: