Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. www.http.ziyonet.uz
2. www.http.library.uz
67
Февраль 2021 7-қисм
Тошкент
ONA TILI DARSLARIDA O`QUVCHILARNING IMLOVIY BILIMLARINI
TAKOMILLASHTIRISH METODLARI
Sidiqova Mehrigul Miraliyevna
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani
13-umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va
adabiyot fani o’qituvchisi (+ 99 891 646 71 95)
Annotatsiya :Ona tili darslarida o’quvchilarning imloviy savodxonligini oshirish , ularning
savodxonligini oshirish bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Kalit so’zlar: Imloviy savodxonlik , ijodiylik , mustaqil fikrlash , savodxonlik, mantiqiy
izchillik , mantiqiy fikrlash .
Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta
bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilshga ko‘maklashishi lozim. Ona tili darslarida
o‘quvchilar mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u
asosida yaratilajak darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur
tarzini shakllantirish, dars va mashg‘lotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga
qaratish maqsad qilib olinadi.Ona tili ta‘limi oldidan quyidagi bosh maqsad turadi: Ona tili
mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq vazuyatiga mos
ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishga qaratilishi lozim. Ona tili ta‘lim standarti ko‘rsatkichlari bolani fikrlay olishi,
ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish
nuqtai nazaridan belgilanadi.
Maktab ta‘limi bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta‘limi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga
qo‘yiladigan talablar quiyidagi uch parametrli standart mezoni orqali aks ettiriladi: o‘qish
texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish
malakasi murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta‘limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi
va o‘quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta‘lim sifatining
natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:
- fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
- mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq va hokazo);
- tavsifning mavzuga muvofiq va mukammal bo‘lishi;
- tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalana bilishi; - imloviy (yozma) savodxon bo‘lishi.
Imlo o‘rgatish metodlari. O‘zbek maktablari tajribasida imlo o‘rgatishning qator metodlari
ishlab chiqilgan.Ko‘chirib yozish–imlo o‘qitishning alohida metodi bo‘lib, buning bir qancha
ko‘rinishlari mavjud: Sidirg‘asiga ko‘chirib yozish – matn qanday bo‘lsa, o‘z holicha, biror narsa
qo‘shmay va tushurib qoldirmay yozib olish demak; o‘zgartirib ko‘chirib yozish – nuqtalar o‘rniga
ko‘plik (- lar), egalik (-im, -ing, -i), kelishik (-ning, -ni, -ga, -da, -dan) qo‘shimchalaridan mosini
kiritib, gaplarni yoza olish; ijodiy vazifaliko‘chirib yozish – matnga o‘rganilayotgan mavzu
bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritib yozish. Masalan, Undalma mavzusi o‘tilayotgan paytdaaytilgan
yoki berilgan matnga undalmalar kiritib yozish ijodiy vazifali ko‘chirib yozishdir.
Izohli yozuv – imlo o‘rgatishning bu usuli ona tili didaktikasiga o‘tgan XX asrning 60 –
yillarida lipetsklik o‘qituvchilar tajribasida kirib kelgan edi. Izohli yozuv bu mustahkamlanayotgan
orfogrammani ovoz chiqarib izohlay turib yozish demakdir. Ona tilini muvaffaqiyatli o’qitishning
muhim sharti ta’limni o’quvchilarning hayotiy tajribasi bilan, ularning bevosita ko’rganlari,
kitoblardan o’qib bilganlari bilan bog’lash hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ashrapova T., Odilova M. Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent, 1984.
2. Yo’ldoshev J. G’, Usmonov S. A Pedagogik texnologiya asoslari. -T.: „O’qituvchi”, 2004.
3. Internet ma’lumotlari
68
Do'stlaringiz bilan baham: |