64
Февраль 2021 7-қисм
Тошкент
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA KOMIL INSON OBRAZI
Muxamedova Zulxumor Zayniddinovna
Buxoro viloyati G’ijduvon tumani
23-umumiy o’rta ta’lim maktabining
ona tili va adabiyot o’qituvchisi
Tel: (+99 891 247 99 81)
Annotatsiya:Alisher Navoiy butun umri davomida insonni o’rgandi . Shuningdek insonning
oliy ishqqa intilishini , haqiqiy muhabbatini , komil inson bo’lishga intilishini o’rgandi. Va bunga
umrini baxshida qildi.
Kalit so’zlar: Komil inson , ishq
, tabiat, ilohiy ishq, faqru , fano , sof irfoniy tushunchalar
, inson va Allohga bo’lgan muhabbat , nasriy va nazmiy asarlar, g’azallar , pir.
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan , yuksak intelektual va ma’naviy salohiyotga ega bo’lib
,dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol
topishi ,baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz”.
Hazrat Navoiy asarlarida tasavvuf falsafasidagi axloq, xulq-odob qoidalari, insonparvarlik va
odamiylik, nafsni tiyish, adolat va ma’ rifat, tabiat va insonni sevish, ularni e’zozlash, ta’lim-tarbiya
to’g’risidagi g’oyalardan unumli foydalandi. Bu g’oyalar mutafakkirning g’azal va ruboiylari,
dostonlari, nasriy asarlariga singib ketgan. I.Haqqul ta’kidlaganidek, “Navoiyning tasavvufga
yondashuvi va bu ta’limotdan ko’zda tutgan maqsadi – shaxs va millat taqdiriga mas’ul, yurt
taraqqiyotiga suv va havoday zarur tushunchalarning istiqboli uchun yonib kurashgan, haqiqatni
faqat tanish emas, haqiqatni sevish salohiyatini ham ko’zlagan mutafakk ir san’atkorning
yondashuv va maqsadi edi”.
Navoiyning ilohiy ishq, faqru fano va sof irfoniy tushunchalar yoritilgan g’azallaridagi qosh,
ko’z, lab, xol kabi o’nlab poetik obrazlar Olloh va komil inson o’rtasidagi aloqa hamda birlik
holatlaridan qayta-qayta xabar yetkazib turadiki, fahm-farosati o’tkir kitobxon mohiyatan o’zining
ma’shuqi azaldan ajrata olmasligiga dildan iqror bo’ladi. Navoiy fikricha, inson qancha buyuk
bo’lsa, uning hayotga munosabati ham, shuncha teran va zalvorli, qalbi shuncha nozik va najib
tuyg’ularga boy bo’ladi.
Shoir “yor” deganda ana shunday buyuk, komil insonlarni nazarda tutgan. Komil inson “bir
tomondan, jami ruhiy- ma’naviy qudrat, aqlu zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan
mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan shu cho’qqiga intilib muayyan martabalarga
erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan”. Alisher Navoiy komil inson to’g’risida butun
bir ta’limot yaratdi. Uning nasriy va nazmiy asarlari, g’azallari, “Xamsa”ga kirgan dostonlari,
“Nasoyim ul-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Mahbub
ul-qulub”, “Majolis un-nafois”, “Lison ut-tayr” va boshqalarda komil inson qanday bo’lishi
kerakligi, qaysi fazilatlarni egallashi lozimligi haqidagi fikrlar har tomonlama yoritib berilgan.
Navoiyning komil inson ta’limoti negizini tabiat, inson va Allohga bo’lgan muhabbat
belgilaydi. U payg’ambarlar, aziz avliyolar, piru komillar, orifu so’fiylar to’g’risida so’z
yuritganda, g’azal va ruboiylarida tabarruk zotlarning xislatu fazilatlari haqida ishq -muhabbat
bilan yozgan. Tasavvufshunos Ibrohim Haqqul fikricha, Navoiyning komillik haqidagi qarashlari
to’rt ustuvor asosga, ya’ni Axloq go’zalligi, qalb tasfiyasi Ruhiyat qudrati va tafakkur balog’atiga
tayanadiMutafakkir payg’ambarlar, avliyo va oriflarni, yirik karomat sohiblarini komil insonlar
qatoriga qo’shadi. Bunday zotlar doimo xalq g’amida yashaydilar, atrofdagilarga mehr-muruvvat
ko’rsatib, beva-bechoralarga yordam beradilar. Barkamol zotlar insonlarning eng a’losi bo’lib,
butun umr poklanish va Haq yo’lini ixtiyor qilgan kishilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: