(ц, ж tovushlari doim qattiq, й va ч esa hamisha yumshoq talaffuz qilinadi). Bunday zidlanish
o’zbek tilidagi undoshlarga xos emas. To’g’ri, o’zbek tilida ham ba’zan undoshlar o’zlarining
qurshovlari ta’sirida o’zgarib, biroz yumshayishi yoki qattiqlashishi mumkin, biroq bu ularn-
ing (undoshlarning) kombinator variantigina bo’lib, ular ma’no farqlash xususiyatiga ega emas.
Ayrim undoshlar rus tilida ham, o’zbek tilida ham deyarli bir xil talaffuz qilinadi (m-м, n-н, r-р,
s-с), ammo aksariyat undoshlarning talaffuzi bu ikki tilda keskin farq qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986.
2. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. Т.,
1979.
3. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. T., 1965.
62
Февраль 2021 7-қисм
Тошкент
ONA TILI O’QITISHNING AHAMIYATI
Masharipova Madina Karimovna
Xorazm viloyati shovot tumani
49-son ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta
ta’lim maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
Email:madinabonu49maktab@umail.uz
Ibragimova Sohiba G’ayratovna
Xorazm viloyati shovot tumani
26-son umumiy o’rta ta’lim maktab
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
Email:sohiba46@umail.uz
Jabborova Mavluda Xo’janafasovna
Xorazm viloyati shovot tumani
26-son umumiy o’rta ta’lim maktab
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.
Email:jobborovamavluda46@umail.uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona tili o’qitilish ahamiyati,boshqa fanlarni o’rganish
vositasi,bolalarning shakllanishida ona tilining ahamiyati haqida mulohazalar yuritiladi.
Har bir fan o’z o’rganish ob’yektiga, maqsad va vazifalariga ega bo’lib, o’ziga xos alohida
ahamiyat kasb etadi. O’zbek tili o’qitish metodikasi ham o’quvchilarga ona tilidan bilim va
malaka berish yo’llarini o’rgatadi. O’quvchilarga o’zbek tili grammatikasi, leksika va fonetikasi
haqida ma’lumot berish va bu jarayonda olingan bilimlarni amalda tadbiq etishni o’rgatish o’zbek
tili o’qitishning muhim vazifalaridandir. O’quvchilar amalda xatosiz yoza olsalar, ifodali o’qiy
olsalar, adabiy tilda so’zlay olsalargina ularning ona tilida olgan bilimlari haqiqiy va mustahkam
hisoblanadi. O’quvchilarga shuningdek, tinish belgilarini to’g’ri qo’yish, o’z fikrlarini aniq va
tushunarli bayon etishni o’rgatish ahamiyatlidir, aks holda o’quvchilar savodsiz bo’lib koladi.
Eng avvalo, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan har bir inson o’zbek tilini bilishi kerak,
chunki u o’zbek bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar kishilar bilan ijtimoiy munosabatlarga
kirishadi va muloqotda bo’ladi. O’z ona tilini bilmagan kishi, “ona”, “vatan” kabi tushunchalarning
mohiyatiga tushunmaydi, bu kishi hech qachon “men o’zbekman” deb faxrlana olmaydi. O’z
ona tilini bilmagan xalq nafaqat kelajagini barpo etadi, balki o’z tarixini ham bila olmaydi.
O’tmishsiz esa kelajak bo’lmaydi. Bir olim shunday degan ekan: “Agar xalqni yo’q qilmoqchi
bo’lsang, uning tilini yo’qotgin”. Demak, o’z tiliga ega bo’lmagan, ona tilini bilmagan xalq hech
qachon xalq bo’la olmaydi. O’quvchilar ona tilini qunt bilan o’rganish orqali fan asoslarini ongli
o’zlashtirib, fikr doirasini kengaytirib umumtaraqqiyot darajasini uzluksiz oshira boradilar. Ular
qayerda ishlamasin, qayerda o’qimasin, baribir o’zbek tiliga murojaat qiladilar. Ona tili barcha
bilimlarni o’rganishda eng muhim vositadir, u insonning ijtimoiy hayotida uchraydigan barcha
ishlar uchun zarurdir. Ona tili boshqa fanlarni o’qitish vositasi hamdir. Jamiyat tarixi, tarbiyaviy
va boshqa gumanitar fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi. Ona tili bolaning umumiy
taraqqiyotida ham, bilim va mehnatga havasini uyg’otishda ham ahamiyatlidir. Ona tili, ayniqsa,
uning yozma shakli butun madaniyatimiz boyliklarini, fan-texnika yutuqlarini avaylab saqlovchi
va avloddan avlodga yetkazuvchi yagona xazinadir, ya’ni u orqali biz milliy qadriyatlarimiz
haqida ma’lumot olishimiz, bugungi fan taraqqiyoti natijasida vujudga kelayotgan yangiliklar
bilan tanishishimiz mumkin. Demak, adabiyot ham, tarix ham, madaniyat ham-hamma meros
ona tilida o’rganiladi. Bundan tashqari, ona tilini chuqur va to’la o’rganmay turib boshqa bir chet
tilini puxta o’rganish mumkin emas, chunki o’z ona tilini bilmagan inson o’zgalar tiliga tushuna
olmaydi. Chet tilini o’rganishda esa ona tiliga qiyoslab o’rganish katta samara beradi. Demak, biz
o’zbek tili vositasida boshqa chet tillarini o’rganish imkoniyatiga ham ega ekanmiz. Yoshlikda
olingan ilm toshga o’yilgan naqsh kabidir, deydi dono xalqimiz. Bola yoshligida 2-3 yil ichida
shuncha narsani urganib, kup narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan va metodik jihatdan juda
to’g’ri o’qitganda ham uning yarmicha o’rgana olmaydi. Demak, ona tilini bolaga yoshligidan
o’rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun quyi sinflarda ona tili o’qitish uchun
ajratilgan soatlar ko’proqdir. Ona tili o’quvchilarni aqliy, axlokiy va estetik tarbiyada juda katta
63
Do'stlaringiz bilan baham: |