Тошкент-2021 3 Февраль 2021 7-қисм Тошкент февраль 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/77
Sana24.02.2022
Hajmi2,13 Mb.
#192360
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
Bog'liq
7 Filologiya fanlarini rivojlantirish yulidagi tadkikotlar 1 qism

Февраль 2021 7-қисм
Тошкент
CHO‘LPON IJODINI O‘RGANISHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY AHAMIYATI
Imomboyeva Muborakxon Pazlitdinovna
Sulaymonova Zulfiya Pazlitdinovna
Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani
28-maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari
Tel: (99)-985-00-94
Annotatsiya: Ushbu maqolada istiqlol kuychisi Cho`lponning ijodi va tashabbuskorliklari 
haqida so`z boradi. Shoir jamiyatimizning eng dolzarb muammosi bo‘lgan til va imlo masalalariga 
ham katta e’tibor bilan qaragani va uning she`riyatiga nazar tashlaymiz. 
Kalit so‘zlar: Istiqlol kuychisi, xalq dushmani, alif, he, jonlantirish, ijodiy laboratoriya, vatan 
timsoli, badiiyat, seminar.
Adabiyot o‘qituvchisi o‘z faoliyatida millatimizning ma’naviy boyliklari hisoblangan, shu 
xalqning o‘tmish hayoti, g‘ami va qayg‘usi, buguni va kelajagi, ruhiyat olami va insoniy qiyofasi 
ifodalangan san’at va badiiyat manbalaridan foydalaniladi. Mustaqillik tufayli bugungi kunda 
maktab o‘quvchilari mumtoz adabiyotning yaqin davrlarigacha o‘rganilmagan namunalarini, 
“xalq dushmani” deya asarlari ta’qibga uchragan adiblar merosini, zamondosh yozuvchilarimiz 
hayoti va ijodidan ayrim lavhalarni dastur sirasida o‘rganib kelmoqdalar. Istiqlol tufayli 
Cho‘lponning “Buyuk hizmatlari uchun” oliy mukofoti bilan taqdirlanishi mustaqillik yillarida 
tarixiy adolatning tiklanganligidan dalolat beradi.
Uning asarlarini o‘rganishimizning ahamiyati katta. Jumladan, Cho‘lpon 1924- yilda yozilgan 
“Besh yuz yil” maqolasida o‘zbek adabiyotchilari ichida birinchi bo‘lib Alisher Navoiyning daho 
san’atkor ekani to‘g‘risida mulohaza yuritadi.
Alisher Navoiy timsolida jahon madaniyati xazinasiga juda katta hissa qo‘shganini ta’kidlaydi.
Cho‘lpon o‘tgan asrning 20-yillarining eng dolzarb muammosi bo‘lgan til va imlo masalalariga 
ham katta e’tibor bilan qaradi. 1921-yil 20-dekabrda
Toshkentning “Turon” binosida birinchi imlo kengashi bo‘lib o‘tdi. O‘qituvchilar, ziyolilar 
o‘z fikrlarini bildirdilar. Cho‘lpon ham “Qizil bayroq” gazetasining 1921- yil 11- yanvarida 
“alif” (Abdul) “he” (Hamid) imzo bilan o‘z munosabatini bildirdi. Bu tabiiy, chunki til va imlo 
masalasini hal qilmasdan turib, xalqni savodxon qilish mumkin emasligini shoir juda yaxshi 
tushunar edi. U alifboni tartibga keltirish, unli va undoshlar uchun belgilar ajratish, arab va fors 
so‘zlari yozilishiga aniqlik kiritish, unlilar sonini belgilash kabi qator muammolar bo‘yicha fikrlar 
bildirdi. Cho‘lpon va uning maslakdoshlari harflarni to‘rt shakldan bir shaklga keltirish g‘oyasini 
olg‘a surdilarki, bu o‘lkamizda savodsizlikni bitirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘quvchilar 
harflarni ikki-uch hafta ichida qiynalmasdan o‘rganib ola boshladilar. 
Cho‘lpon bundan 80-yillari lotin yozuviga o‘tishimizni bashorat qilgan edi. Shoirning bashor-
ati ro‘yobga chiqdi. Biz hozir shoir bashorat qilgan lotin yozuviga o‘tdik. Cho‘lponning har 
bir she’ri kishini fikrlashga chorlaydi, tuyg‘ularini charxlaydi. U yosh avlodga, xalq ommasiga 
Vatanni sevish va e’zozlashni, unin go‘zalliklarini his qilishni o‘rgatdi. Shoirning fikricha, Vatan 
“Oydanda go‘zaldir, kundanda go‘zal”.[1,381] Shoir vatan timsolini murakkab ma’nolar, fikrlar 
ichiga yashiradi.
Adabiy ta’lim jarayonida Cho‘lpon she’riyatini talqin va tahlil qilishning metodik jihatlariga 
e’tiborni tortsak, avvalo mustaqillik davrida badiiy asarlarni estetik tamoyillarga tayanib o‘rganish 
hamda baholash bosh mezonga aylanganligini yana bir bor ta’kidlash lozimligini his qilamiz. 
Yozuvchi hayoti va faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berish jarayonida uning ijodiy 
qiyofasini o‘quvchi ko‘z o‘ngida jonlantirish, ijodiy laboratoriyasiga olib kirib, yaratgan badiiy 
merosini badiiyat talablari asosida tahlil-u tadqiq etish malakasini shakllantirish adabiy ta’limning 
bosh maqsad-muddaolaridan birini tashkil etadi. Adabiyot darsliklaridan o‘ta ixcham va lo‘nda 
ma’lumotlar joy olgani, o‘quvchilar bu ma’lumotlar orqali ijodkor haqida umumiy tasavvurga 
ega bo‘lib, asarlarini o‘rganish jarayonida o‘z tasavvurlarini mukammallashtirib borishi nazarda 
tutilganligini qo‘llab-quvvatlash lozim. Shu bilan birga o‘quvchi ko‘z o‘ngida yozuvchining ijodiy 
qiyofasini to‘la jonlantirish, ijodiy laboratoriyasiga olib kirish usullari ko‘pchilikni o‘ylantirmoqda. 
Adabiyot o‘qituvchilari aksar hollarda an’anaviy yo‘ldan borib, ijodkor tarjimai holiga oid 
qisqa ma’lumot berib, darsda ko‘zda tutilgan asarlarni o‘qib o‘rganishga kirishadilar. Holbuki, bu 


34

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish