AXBOR (arab. - xabarning ko‘pligi, xabarlar) - shialarning muqaddas rivoyatlari.
Muhammad (sav) va Ali (kv)ning so‘zlari, faoliyati to‘g‘risidagi rivoyatlar to‘plami. A.
Qur’ondan keyingi muqaddas manbalardan hisoblanadi. Sunna Muhammad (sav) va
sahobalarning, A. esa faqat payg‘ambar va uning oila a’zolari, Ali (kv) va b. imomlarning
faoliyati haqidagi rivoyatlarni o‘z ichiga oladi. Hadis olimlarining istilohida A. so‘zi hadis
so‘zining sinonimi shaklda qo‘llaniladi.
AXBORIYLAR - 1) imomiylarning diniy-huquq tizimidagi oqimlardan biri. 10-a.da
shakllangan. Uning tarafdorlari Axbor rivoyatlarini fiqhning asosiy manbai deb
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
hisoblaydi. A. imomiylarning yana bir huquqiy oqimi bo‘lgan usuliyga qaraganda kamroq
tarqalgan. 2) Xabar - axbor janrida ijod qilgan o‘rta asr arab tarixchilari.