Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
ma’budalari, jumladan Avestodagi Anaxita ma’budasiga o‘xshatib bayon etilgan
afsonalar ham bor.
Shuningdek, A.o.ni ko‘p yillar sarson-sargardonlikda yo‘qolgan
o‘g‘lini qidirganligi, lekin uni topa olmaganligi haqidagi rivoyatlar saqlanib qolgan. A.o.ga
bag‘ishlab o‘tkaziladigan urf-odat va marosimlarning ko‘pchiligi
suv toshqini, bola
tug‘ilishi va hosildorlik bilan bog‘liq bo‘lgan. Sumalak uchun tayyorlangan bug‘doyning
tez yoki sekin unib chiqishi ham A.o. nomi bilan bog‘langan. A.o.ga bag‘ishlab
o‘tkaziladigan tadbirlarda otin bibilar, doyalar, sehrgarlar,
parixonlar ishtirok etib, ular
A.o. haqida to‘qilgan rivoyatlar yordamida turli irim-sirimlarga ishongan sodda kishilarni
aldab, boylik orttirganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: