ANAS ibn MOLIK, to‘liq ismi Anas ibn Molik ibn an-Nazr an-Najjoriy al-Xazrajiy al-
Ansoriy, kunyasi Abu Sumoma (610, Madina - 712, Basra) - ansorlardan va ashobi
kiromning faqihlaridan biri. Hijratning ibtidosidan e’tiboran o‘n yil Rasuli Akram(sav)ning
xizmatida bo‘lishi bilan shuhrat topgan. 2630 hadis rivoyat etgan. Abu Bakr, Umar,
Usmon, Ubayy bin Ka’b va b. ko‘pgina ashoblardan rivoyat etgan, uning o‘zidan ham
Hasan Basriy, Zuhriy, Qatoda, Yahyo ibn Said kabi zotlar hadis naql etganlar. Basrada
eng keyin vafot etgan sahobadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |