AMAL (arab - ish, faoliyat, harakat) - din aqidalariga ishonishdan tashqari dindor o‘z
faoliyati va harakati bilan bajaradigan barcha ishlarni ifoda etuvchi tushuncha. A.
umumiy mazmunda diniy marosim, urf-odatlar bilan bog‘liq vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Qur’onda "A." so‘zi juda ko‘p suralarda keladi, bunda musulmonlar tomonidan
bajariladigan yaxshi, savob va gunoh ishlar ham, shayton tomonidan odamlarga
qilinadigan vasvasa va zararli ishlar ham tushuniladi.
AMIN (arab. - ishonchli, halol) - Muhammad (sav)ga payg‘ambarlik vahiyi kelmasidan
burungi davrda u zotning nihoyatda halol, rostgo‘y bo‘lganliklari tufayli xalq tomonidan
berilgan laqab (Muhammad amin, ya’ni Muhammad halol, ishonchli).
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
Do'stlaringiz bilan baham: |