ALLOHU AKBAR - q. Takbir.
ALYASA’ (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. A. Banu Isroil
payg‘ambarlaridan biri bo‘lib, Qur’onda A. haqida alohida oyatlar nozil bo‘lmagan, balkim
imon keltirish lozim bo‘lgan bir guruh payg‘ambarlar jumlasida zikr qilingan (Sod surasi,
48-oyat, An’om surasi, 86-oyat). Rivoyatlarga ko‘ra A. Ilyos payg‘ambarning
amakivachchasi bo‘lib, Ilyos (as) vafotidan so‘ng Alloh A.ni payg‘ambar etishni ixtiyor
qiladi va A. Ilyos (as) ning da’vatini davom ettirib odamlarni Allohga imon keltirishga va
Ilyos (as) shariatini tatbiq etishga chaqirgan. A. zamonasida turli hodisalar sodir bo‘lgani
rivoyat qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |