Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/653
Sana30.12.2021
Hajmi1,29 Mb.
#191735
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   653
Bog'liq
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
ma’qul edi. 656 y. iyunida Usmon (ra) o‘ldirildi va A. (kv) xalifa deb e’lon qilindi. Ammo 
sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda A. (kv)ga nisbatan adovatda bo‘lgan 
payg‘ambar (sav)ning bevasi Oisha (ra) tarafdorlari unga qarshi bosh ko‘tardilar. Qatl 
etilgan Usmon (ra)ning qarindoshi Suriya hokimi Muoviya ham A. (kv)ga qarshi urush 
e’lon qildi. 657 y. Furot daryosi o‘ng qirg‘og‘idagi Siffin degan joyda yuz bergan jangda 
A. (kv) qo‘li baland kelgan bo‘lsa-da, u raqiblari bilan kelishishga ko‘ndi. Bundan norozi 
bo‘lgan A. (kv) askarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark etdilar va xorijiylar deb 
atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror 
usulini qo‘llay boshladilar. 661 y. 19 yanv.da A. (kv) Abdurahmon ibn Muljam as-Sorimiy 
degan shaxs tomonidan Kufa masjididan chiqish paytida jarohatlanadi va ikki kundan 
so‘ng vafot etdi. Jasadi ana shu masjid yaqiniga dafn etilgan, keyinchalik Najaf 
qasabasiga ko‘chirilgan. Rasulullohdan 586 ta hadis rivoyat etgan. Islomda A. (kv) 
shaxsiga munosabat turlichadir. Xorijiylar unga o‘ta salbiy munosabat bildirgan bo‘lsalar, 
shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborganlar. Ahli sunna A. (kv) shaxsiga mo’tadil va 
to‘g‘ri baho beradi. A. (kv) tarafdorlari keyinchalik islomdagi shialik (arab. - "shia" - 
guruh, bu o‘rinda "Ali tarafdorlari" mazmunida) oqimini tashkil etganlar. A. (kv) 
shialarning 1-imomi va shia imomlari shajarasini boshlab beruvchi hisoblanadi. Shia 
yo‘nalishining ba’zi ashaddiy firqalari A. (kv) shaxsini ilohiylashtirib, uni Muhammad 
payg‘ambardan ham yuqori qo‘yadilar. O’rta Osiyo, xususan, O’zbekistonda bir necha 
qadamjo va mozorlar A. (kv) nomi bilan bog‘lanib, muqaddaslashtirilgan. Haqiqatda esa 
A. (kv) O’rta Osiyo va Eronda hech qachon bo‘lmagan. 
 
 
ALI AVLODLARI - Ali ibn Abu Tolib avlodlari. Manbalarga ko‘ra, Ali (kv)ning turli 
xotinlaridan (8 yoxud 9) ko‘plab farzandlari - 14 (yoki 18) o‘g‘il va 19 (yoxud 17) qizi 
bo‘lgan. Ularning ichida tarixda eng mashhurlari Muhammad (sav) qizlari Fotimadan 
tug‘ilgan Hasan va Husayn hamda banu hanifa qabilasidan bo‘lgan xotinidan tug‘ilgan 
Muhammad ibn al-Hanafiya hisoblanadi. Aynan mana shu uch farzanddan tarqalgan 
tarmoq oliy hokimiyatga da’vogar bo‘lishgan. Shialikdagi imomiylar oqimi tan oladigan 
12 imomdan 9 tasi Husayn tarmog‘iga mansubdir. Islomning deyarli butun tarixi 
mobaynida A.a. yoxud ularning tarafdorlari oliy hokimiyatga erishish yo‘lida qurolli va 
g‘oyaviy kurash olib borganlar. Ular imomatga faqat A.a. hukmron bo‘lish huquqiga ega 
deb hisoblaydilar. Kurash jarayonida xalifalikning turli chekkalarda A.a. bosh bo‘lgan 
imomatlar barpo etilgan. Ularning ichida eng mashhurlari Marokashdagi Idrisiylar (789-
926), Shimoliy Afrika, Misr va Suriyadagi Fotimiylar (909-1171), Yamandagi Rassiylar 
(9-a. boshidan 1281 y.gacha), Tabariston (863-64 - 928) va Yaman (1592-1962)dagi 
Zaydiylar sulolasi hisoblanadi. Hoz. vaqtda ko‘plab A.a. barcha musulmon 
mamlakatlarida yashaydilar. Ular imtiyozli huquqlarga ega bo‘lib, yashil salla o‘raydilar 
va sayyidlar yoxud shariflar deb ataladilar. Tor ma’noda A.a. alaviyya deganda 
"ashaddiy" shialar jamoasi - nusayriylar tushuniladi. Xalq fikriga ko‘ra, Fotimadan 
tarqalgan A.a. O’zbekistonda "sayidlar" yoxud "to‘ralar" deb ataladi. Ali (kv)ning boshqa 
xotinlaridan tarqalgan avlodlari "xo‘jalar"ga kiradi.  
 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   653




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish