ALVASTI - Sharq mifologiyasi va diniy-xurofiy tasavvurlarga ko‘ra yovuz ruh. A.
ko‘pincha sochlari yoyilgan, ko‘kraklari uzun osilgan va badbashara ayol qiyofasida
tasavvur etilgan. Manbalarda A. dastlab yaxshilik qiluvchi, hosildorlik, uy-ro‘zg‘or,
yovvoyi hayvonlar va ovchilik homiysi, sahiy ma’buda sifatida tasvirlangan. Rivojlangan
mifologik tasavvurlarning keng yoyilishi bilan esa, yovuz ruhlardan biriga aylantirilgan.
Ba’zan A. jin, ajina so‘zlarining sinonimi sifatida ham ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |