NASORO (arab. - nasroniy so‘zining ko‘pligi; masihiylar, xristianlar). Qur’oni karimda
Iso payg‘ambarga ergashgan dindorlar shu nom bilan atalgan. Bu so‘zning kelib
chiqishiga sabab - Iso Masih Nosira nomli shaharda tug‘ilgan bo‘lib, uni Nosiriy deb atar
edilar. Unga ergashgan kishini esa, nasroniy deb yurita boshlaganlar. N. Iso Masihni
ilohiylashtirganlari uchun islom dini nuqtai nazarida shirk axlidan hisoblanadilar. Zero,
islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish hatto o‘xshatish mumkin emas. N.
esa, Iso payg‘ambarni uchta muqaddas kuch -iloxlardan biri deb e’tiqod qiladi. Shuning
www.ziyouz.com kutubxonasi
220
uchun ham Qur’oni karimning ko‘pdan-ko‘p oyatlarida N. haqida batafsil to‘xtab o‘tiladi
va Muhammad (sav)ni e’tirof etishga da’vat qilinadi.