NAQIB (arab. - boshliq, yetakchi, rais) -o‘zlarini Muhammad (sav) avlodlarvdan deb
hisoblaydigan sayid (o‘zbeklar orasida -to‘ra)lar jamoalarining yetakchilari,
rahbarlarining lavozimi. N. lavozim sifatida o‘rta asrlarda xalifalar hukmronligi davrlarida
vujudga kelgan, hukmdorlar N.lar orqali sayidlar jamoalari bilan muomala qilgan. N.lar
xazinadan ta’minlab turilgan. Keyinchalik N.lar sayidlar jamoalari va avlodlarining
rahbarlari, ularning hayoti va turmushida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi rahnamolari sifatida ish
ko‘rgan. Xorijiy mamlakatlarda Nlar hozir ham bor, ular sayidlar jamoalari hayotini
boshqaradi, ular nomidan davlat hokimiyati vakillari bilan muomala qiladi. N.lik lavozimi
avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |