ABULBAQO ibn BAHOUDDIN (16-a. 1-yarmi - 17-a. 1-choragi) - tarixchi. Xoja Ahmad
ibn Jaloluddin Kosoniy (Mahdumi a’zamning nabirasi bo‘lib, Abdulazizxon (1540-49)
saroyida kichik davlat lavozimi (hukmgar)da turgan. U bobosiga atab "Jome’ ul-
maqomoti Mahdumi a’zam" ("Mahdumi a’zam maqomotining majmui") kitobini yozgan
(1617). Bu asarda Mahdumi a’zamning hayotiga oid ma’lumotlardan tashqari,
www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Movarounnahrning 16-a. 1-yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar
bilan Eron o‘rtasidagi munosabatlarga oid qimmatli ma’lumotlar bor.