MATN (arab. - bel, tekst (o‘zbek. matn)) -hadis istilohida sanadning nihoyasi, ya’ni
ma’nolardan tashkil topgan hadisning lafzlari.
MAHDUM (arab. - xizmatga yollovchi odam, janob) - pir va ustozlarga beriladigan
laqab. Odatda, pir va ustozlarga o‘z muridlari va shogirdlari xizmat qilishgan. M. atamasi
ba’zi joylarda pir, ustoz va ulamolarning o‘g‘illariga nisbatan ham ishlatilgan.
Naqshbandiylik tariqati shayxlaridan Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy
Dahbediy "Mahdumi A’zam", ya’ni "Ulug‘ Mahdum" laqabi bilan mashhur bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |