MANDUB (arab. - tavsiya etilgan, lozim topilgan) - shariat hukmlaridan biri (farz,
muboh, makruh, harom bilan birga). Dindorlar uchun bajarish lozim topilgan, tavsiya
etilgan, lekin majbur hisoblanmagan amallar M. hukmiga kiritilgan. Ixtiyoriy
bajariladigan bir qancha urf-odatlar M. hisoblanadi, ular mohiyatan sunna qo‘ygan
talablardan keyin turadi, ba’zan ular ayni mazmunda ham talqin etiladi.
MANOQIB (arab. - fazilatlar) - tasavvuf tushunchasi. Biror ulug‘ zotning fazl va
martabasini maqtab, ta’rif-tavsif qilish. Ko‘pincha shu haqdagi risola yoki asar
tushuniladi. Mas., "Manoqibi Xoja Ahror" (Xoja Ahror ta’rifi), "Manoqibi Shoh Abdulloh"
(Shoh Abdullohning ta’rif va tavsifi) va h. k.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |