MANOT - qad. arab ma’budasi; Nabateya, Suriya va Hijozda, ayniqsa, e’zozlangan;
takdir va o‘lim ma’budasi bo‘lgan. Qora toshdan ishlangan sanami va sajdagohi
Makkadan Yasribga boradigan yo‘ldagi Qudaydada joylashgan. Yasribdagi Avs va Xazraj
qabilalari M.ga ayniqsa qattiq topinganlar. Ular Makkadagi Ka’ba qatori M.ning
sajdagohini ham ziyorat qilganlar. M. Arabistonning eng qad. ma’budalaridan hisoblanib
ko‘pgina kishi nomlari tarkibiga ham qo‘shilgan. Makkada uchta ma’buda (al-Lot va al-
Uzza qatorida)dan biri sifatida topilgan. Qudaydadagi sajdagoh Muhammad (sav)
topshiriqlariga ko‘ra 630-31 y.da buzib tashlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |