www.ziyouz.com kutubxonasi
180
MAKRUH (arab. - rad etilgan, qoralangan, nomaqbul) - shariat hukmlaridan biri (farz,
mandub, muboh, harom bilan birga). Qat’iyan taqiq qilinmagan, lekin nomaqbul
hisoblangan va rad etilgan amallar M. hisoblangan. M. -Payg‘ambarimiz (as) qaytargan
ish demakdir. Har bir musulmon M. ishlarni qilishdan saqlanishi lozim. M. ishni
gunohidan qo‘rqib qilmagan kishi savobli, qilavergan kishi gunoxli bo‘lur. M. ishlarning
Mligini inkor qilgan kishi imondan chiqmasa-da, gunohkor bo‘lur. M. ishlar uchun jazo
belgilanmagan. M. amallarga diniy burchni bajarish paytdagi ba’zi holatlar, xasislik,
berahmlik, dabdabalik va isrofgarchilikka moyillik, oilaviy va ijtimoiy burchga
mensimaslilik bilan qarash, birovni yo‘q yaxshi sifatlar bilan maqtash, boshqa dindagilar,
balog‘atga yetmagan bilan nikohga kirish va b. kiradi. Mazhabga ko‘ra, M.ga aslida man
etilgan ba’zi taom va ichimlik turlari kiradi. M. tushunchasi halol bilan haromni ajratib
berishi bilan islomiy axloqning shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |