www.ziyouz.com kutubxonasi
179
bilan kelgan. U Hijozning ma’muriy va savdo markazi, musulmonlar haj qiladigan -
musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan joy. Qur’oni karim 114 surasining 86
tasi Makkada nozil bo‘lgan. M.da Ka’ba bilan bosh masjid - Harom masjidi bor. M. -
islom dinining Muhammad payg‘ambari (sav)ning vatanlari, arablarning qad.
ziyoratgohi. Musulmon rivoyatlariga ko‘ra, M.da Odamato va Momohavo hamda Shis,
Ibrohim, Ismoil va Hojar yashaganlar. Makka sh.ga qachon asos solingani ma’lum emas.
Ilk bor Zamzam bulog‘i tevaragida aholi yashash maskanlari paydo bo‘lgani haqida
ma’lumot bor. Islomga qadar Makka majusiy arab qabilalarining diniy hamda Sharq bilan
O’rta dengaz bo‘yidagi davlatlar o‘rtasidagi muhim savdo markazi bo‘lgan. Islom
vujudga kelishidan ko‘p asrlar ilgari Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi arab qabilalarining
ziyorat markazi bo‘lib, unda qabila xudolarining sanamlari saqlangan. Shahar birinchi
marta yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida Makoraba nomi bilan tilga olingan va bu
yerda mil. 2-a.da ibodatxona mavjudliga aytib o‘tilgan. Makkada payg‘ambar
Muhammad (sav) tavallud topganlar va shu yerda islom targ‘ibotini boshlaganlar.
Muhammad (sav) 622 y. o‘z sahobalari bilan Makkadan Yasrib (keyinchalik al-Madina
deb ataladigan) shahriga hijrat qilganlar. Rivoyatga ko‘ra, qad. Jurhum, Xuzo’a
qabilalari, 4-a. oxiridan esa, Quraysh qabilasi ko‘chib kelib yashay boshlagan. 6-7-a.
o‘rtalarida Ka’badan 800-900 m shim.-sharqqa va taxm. 500 m jan.-g‘arbga cho‘zilgan
vodiy bo‘ylab aholi istiqomat qilardi. Markazda, Ka’badan jan.rokda bozor bo‘lgan. Turar-
joylar devorlar bilan o‘ralgan katta hovlilardan iborat bo‘lib, hovli ichida qavmi qarindosh
oilalarning imoratlari joylashgan. O’sha vaqtda M.da 6-7 ming aholi yashagan. M.da
sug‘orish uchun suv yo’qligi, muqaddas hududda dehqonchilik va ov bilan shug‘ullanish
man qilingani ustiga atrofdaga qabilalar uchun muqaddas hisoblangani tufayli
qurayshlarning savdo bilan mashg‘ul bo‘lishiga to‘g‘ri kelgan. Shahar aholisi asosan diniy
marosimlar uchun zarur bo‘lgan buyumlarni tayyorlagan va hajga kelganlarga xizmat
qilgan. Muhammad (sav) M.dan chiqib ketgach, Madinadagi yangi masjidni Ka’baga
qarshi qo‘ya boshlaganlari yo‘q, aksincha, uni Ka’ba (qibla)ga to‘g‘rilaganlar. 630 y.
musulmonlarning M.ni fath etishlari shaharning muqaddas markaz sifatidagi alohida
mavqeini tiklabgana qolmay, uni yangi maqomga ko‘tardi; haj qilish marosimida Ka’bani
tavof qilish bilan birga Arafot tog‘iga ko‘tarilish ham qo‘shiddi; M.ni ziyorat qilish
islomning asosiy ruknlaridan biri hisoblanadi.
Umaviylar davrida M. rivojlandi va qiyofasi butunlay o‘zgardi: bir qavatli imoratlar
o‘rnida ko‘p qavatli uylar va qasrlar qad ko‘tardi. M. ma’murlari suv yig‘iladigan
inshootlar bunyod etdilar, osma quvurlar o‘tkazdilar, shahar atroflarida bog‘-rog‘lar
paydo bo‘ddi. Xalifalikning hamma tomonidan kela boshlagan mablag‘lar, shuningdek,
ziyoratchilardan tushgan daromad makkaliklarni imtiyozli musulmonlar guruhiga
aylantirdi. Ka’ba 624 y. qibla deb e’lon qilinganidan keyin Ka’baga tomon qarab ibodat
qilina bopshagan.19-a. boshigacha M.ni G’arbiy Arabistonda hokimiyatni amalga
oshirgan davlatlarning noiblari boshqarib kelganlar, lekin shaharning ichki hayotida ko‘p
narsalarni shariflar (Muhammad (sav) avlodlari) hal qilardi. Ma’lumki, Bag‘dod xalifaligi
inqirozga uchraganidan so‘ng Makka fotimiylar, ayyubiylar va mamluklar qo‘l ostiga,
keyinchalik - 1517 y.da Usmonli turk saltanati tobeligiga o‘tdi. 1925 y.dan Saudiya
Arabistoni tarkibida. Islom dini amal qilayotgan 14 a.dan ortiq vaqt davomida M.
g‘ayridinlar uchun yopiq shahar hisoblanadi, ammo 18-a.dan e’tiboran yevropalik ayrim
tadqiqotchilar musulmon ziyoratchilari niqobida unga kira boshlaganlar. 20-a.
boshigacha M. abbosiylar davridagi hududga teng joyni egallab kelgan, doimiy aholisi 50
ming kishidan oshmagan. Hoz. vaqtda M.ning tub aholisi salkam 0,5 mln. kishini tashkil
etadi, shahar avtomobil yo‘llari orqali tashqi dunyo bilan bog‘langan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |