ABU NUAYM, to‘liq ismi Ahmad ibn Abdulloh al-Isfahoniy (944-1038, Isfahon) - taniqli
hadis imomlaridan biri. Fiqh va tasavvufda ham zamonasining yetakchi olimi bo‘lgan.
Tabaroniy kabi buyuk muhaddislardan hadis olgan, uning o‘zidan ham Xatib Bag‘dodiy
kabi yuksak shaxslar hadislar rivoyat etgan. Eng mashhur asarlari: yigirma jildli "Hiltul-
avliyo", "Daloilun-nabaviyya", "Kitobul-mustaxraj alal-Buxoriy", "Al mustaxraj alo sahihi
Muslim", "Kitobut-taboqat", "Ma’rifatus-sahoba" va b.
ABU SAID al-XUDRIY, to‘liq ismi Abu Said Sa’d ibn Molik al-Xazrajiy al-Ansoriy (taxm.
609-693) - sahoba. Uning otasi Molik ibn Sinon ham sahobalardan bo‘lib, Uhud jangida
shahid bo‘lgan. A. S. a.-X. Rasululloh (sav) bilan birga Xandaq jangi va b. g‘azotlarda
qatnashgan. Imom Buxoriy, imom Muslim va imom Termiziyning hadis kitoblarida uning
rivoyatida 1170 ta hadis keltirilgan.
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |