www.ziyouz.com kutubxonasi
66
- D -
DABBAT ul-ARZ (arab. - Yer hayvoni) - oxir zamon kelganining bir alomati sifatida
chiqib keladigan Yer hayvoni. Bu xususda Qur’oni karimda xabar berilgan: "Qachon
(kofirlarning) ustiga so‘z-azob tushganida (ya’ni, qiyomat yaqinlashib qolganida) Biz ular
uchun yerdan bir jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning oyatlarimizga
ishonmaydigan bo‘lib qolganlari haqida so‘zlar" (Naml, 82-oyat).
D. ul-a.ning, ya’ni yer hayvonining chiqishi haqida ko‘pgana hadislar vorid bo‘lgan. Lekin
ularning hammasini ham sahih deb bo‘lmaydi. Ayniqsa, bu jonivorlarning sifatlari
keltirilgan xabarlar sahixlikdan yIroqdir. Aslida, mo‘min odamga uning vasfini bilishdan
ma’no yo‘q. Yer hayvonining chiqishi qiyomat alomatlaridan ekani, kofirlar azobga
mustahiq bo‘lishi, endi ularning tavbasi qabul etilmasligi, qilmishlariga yarasha hukm
qilinishi, o‘sha jonivorning ularga gapirishi, uning mo‘minga ham, kofirga ham tanish
bo‘lishini ifodalovchi Qur’oni karim va hadisi shariflar hujjati bilan kifoyalanish shart.
Hayvonning gapirishi g‘ayritabiiy tuyuladigan kishilarga javob shulki, uni yaratgan Zot
gapirtirishga ham qodirdir. D.ul-a. chiqqan kuni Alloh taoloning oyatlari va oxirat kunini
inkor qiluvchi odam qolmaydi. Lekin, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘sha kunda keltirilgan
imon, tavba, istig‘for va amallar qabul qilinmaydi.
DABUSIY, Abu Zayd Abdulloh ibn Umar ad-Dabusiy (? - 1038) - hanafiylikdagi yirik
faqihlardan; fiqhdagi ziddiyatlarni o‘rganishga asos solgan. Samarqand viloyatvdaga
Dabusiya sh.da tug‘ilgan. Fiqhga doir 7 asar yozgan. Sam’oniyning yozishiga ko‘ra, D.
Buxoroda yashagan, Bag‘dodda ta’lim olgan. Buxoro va Samarqandning yirik olimlari
bilan munozara olib borgan. Qabri Buxoroda, imom Abu Bakr ibn Tarxon mozori yonida.
DAJJOL (arab. - aldamchi, firibgar) -islom diniga ko‘ra, qiyomat oldidan paydo
bo‘ladigan va dindorlarni xudo ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan bir ko‘zli
odamsimon maxluq. U, shuningdek, al-Masih al-Kazzob va al-Masih al-Dajjol deb
ataladi. Qiyomatga yaqin u yovuzlik timsoli sifatida ezgulik tarafdorlari bilan jang qilib,
oxir-oqibatda mag‘lub bo‘lishi haqida rivoyatlar bor. Islomga ko‘ra, D. Iblis bilan
aloqador bo‘lib, qiyomatga yaqin insonlarni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirish uchun o‘zini haqiqiy
Iso (as) yoxud al-Mahdiy deb ataydi. Bungacha u Hind okeanidaga orollardan birida
qoyaga zanjirband qilingan holda yashaydi: orol yaqinidan o‘tayotgan kemadagalar u
yerdan musiqa tovushini eshitadilar. D. bir ko‘zli, terisi qizil, peshonasida kof harfi yoxud
kofir yozuvi bor. Qiyomatdan oldin D. Sharq tomondan ulkan, bahaybat eshakda paydo
bo‘ladi, uning ortidan barcha dinsizlar va munofiqpar ergashadi. U Makka va Madinadan
boshqa butun dunyoda o‘z hokimiyatini o‘rnatadi. Uning podsholigi 40 kun (yoxud yil)
davom etadi, so‘ngra Alloh tomonidan yuborilgan Iso (as) va al-Mahdiy uni mag‘lub etib,
o‘ddirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |