BIBI SESHANBA, Seshanba ona-diniy-xurofiy tasavvurlarga ko‘ra ayollar sig‘inadigan
avliyo, afsonaviy shaxs (ona); charx yigiruvchi ayollarning homiysi, oila baxtining
himoyachisi. Qad. diniy e’tiqodlarning islomga moslashib saqlanib qolgan ko‘rinishlaridan
biri. Dindor ayollar B.S.ga sig‘inib, seshanba kunlari uning sharafiga ziyofat beradilar.
Soddadil ayollar B.S.dan, muruvvat, madad tilaydilar, "mushqullarini oson qilish"ni iltijo
qiladilar. B.S.ga sig‘inish, unga atab marosimlar o‘tkazish hoz. vaqtda juda kam
uchraydi va shirk amallardan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |