XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI – MAXSUS SON_____
29
Osh taomiga xorijiy turistlar ham qiziqadilar. Shu bois, xorijiy sayyohlar uchun gastronomik sayyohlik
qiziqarli bo’ladi. Taomlarni o'rganish va ta’tib ko’rishda sayyoh maxsus texnologiyalardan foydalangan holda
ishlab chiqarilgan har xil mahsulotlarni iste'mol qiladi, hamda ushbu mintaqaning madaniyati va tarixi bilan
yaqindan tanishadi.
Bundan tashqari, O'zbekistonda turish vaqtida sayyohlar uchun ovqatlanishning xavfsizligini ta'minlash
muhimdir. Bu borada mehmonxonalar, restoranlar va kafelar turistlarning sog'lig'iga g'amxo'rlik qilishi, hamda
ularga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat qilishi kerak. Shundan so'ng, sayohat davomida sayyohlar
farovonligi bilan bog'liq muammo bo'lmaydi. Restoranlar, kafelar, ovqat pishirish va ovqatlanish joylarida
xonalarning sanitariya me'yorlari va qoidalariga to’liq javob berishi kerak. Gastronomik sayyohlik
O'zbekistonda turizmning o'sishiga o'z hissasini qo'shadi. Chunki dunyodagi ko'plab kishilar turli xalqlarning
nafisligi bilan qiziqadilar.
Gastronomik turizmni tashkil qilishda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan navbatdagi muhim jihat
sayyohlikning mazkur turiga ixtisoslashgan sayohat agentliklari hisoblanadi. Ular ushbu loyihaning nozikligini
hisobga olishlari, sayyohning sog'lig'iga e'tibor berishlari va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashi kerak. Bundan
tashqari, sayohat agentliklari tibbiy xizmatlarni taqdim etishi, milliy taomlarni taqdim etadigan korxonalar
bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak.
Bugungi kunga kelib, gastroturizmga bo'lgan qiziqish har yili kuchayib bormoqda. Yildan-yilga
gastroturizm yo'nalishlarini joylashtiradigan mamlakatlarning soni ham ortmoqda. Gastronomik sayohatlarga
qiziqish oddiy sayyohlik bilan zerikib ketganligi bilan ham tushuniladi.
Gastronomik sayyohlik birinchi navbatda haqiqiy gurmanlarda qiziqish uyg'otadi. Gastronomik sayohat
oziq-ovqatni tayyorlash va ishlatish bilan bevosita bog'liq bo'lgan kishilarni jalb qiladi. Bu kishilar professional
bilim darajasini oshirish, yangi narsalarni o'rganish va tajriba orttirish uchun gastro sayohatga chiqadilar.
Bundan tashqari, ko'pgina gastronomik safarlarning dasturiga mahorat saboqlari kiradi va oshpazlar taom
pishirish sirlarini baham ko'rishadi.
Gastronomik sayyohlikning rivojlanishi mahalliy iqtisodiyot, ish va merosga ijobiy ta'sir ko'rsatadi,
sayohat davomida sayohat xarajatlarining taxminan 30 foizini qoplaydi va O'zbekistonning milliy brendini
targ'ib qilishda yangi imkoniyatlarni yaratadi hamda 2018 yilda "National Geographic Traveler" jurnalining
"National Geographic Traveler Awards 2018" mukofotiga muvofiq, O'zbekiston "Gastronomik turizm"
nominatsiyasida birinchi o'rinni egalladi. Ya’ni O'zbekiston 34% ovoz olib, 21% va 17% ovoz to'plagan Italiya
va Ozarbayjonni mag'lubiyatga uchratdi [8]. National Geographic Traveler mukofotlari har yili
sayohatchilarga yordam berish uchun yangi "eng yaxshi" joylarni ochadigan noyob tanlovdir. Mazkur turizm
sohasida mahsulot sifati va tajribasini yaxshilash bo'yicha tavsiya etilgan tadbirlar quyidagilardan iborat:
- ovqatlanish bo’yicha raqobatbardosh takliflarini ishlab chiqish;
- gastronomik bilimlarni boyitish orqali kishilarining professionalligini ta'minlash;
- sog'liq uchun xavf tug'dirmaydigan mahsulotlarni yetkazib berish orqali oziq-ovqat xavfsizligini
ta'minlash;
- gastronomik sayyohlik yo'nalishlarini rivojlantirish orqali mahsulot va mintaqalar o'rtasidagi
aloqalarni o'rnatish;
- gastronomiya bilan bog'liq festivallar va diqqatga sazovor joylar bilan individual destinatsiyalarni
qayta jonlantirish;
- oziq-ovqat va ichimliklar eksportini rivojlantirish va xorijda yuqori sifatli restoranlar tarmog'ini
yaratish;
- barcha yirik media-kanallar, sayyohlik yo'riqnomalar, gastronomik bloglar va ijtimoiy tarmoqlarda
imidj yaratish uchun tashabbuskor yondashuvni namoyish qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |