16.2. Logistikada bashoratlash usullari
Logistik
operatsiyalarni
rejalashtirish va boshqarishda ko‘pincha
bashoratlashning har xil usullari va modellaridan foydalaniladi. Iste’mol talabi,
moddiy resurslarni sarflanishi, zahiralar darajasining aniqligi va ishonchliligiga
amalda barcha logistik konsepsiyalar, ayniqsa JIT, DDT ni amalga oshirishning
samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Logistik menejerlar o‘zlarining amaliy
faoliyatlarida talab qilinadigan aniqlik, dastlabki axborotlarning hajmi va turi
hamda boshqa omillarga ko‘ra bashoratning har xil usullaridan foydalanadilar,
buning ustiga ko‘pgina hollarda bu maqsad uchun standartli yoki shaxsiy
komputer dasturlarini qo‘llaydilar. Talab va tayyor mahsulotni sotish hajmini
bashoratlash logistikada bu usullarning qo‘llashning asosiy sohasi bo‘ladi. Ishlab
chiqarish ichidagi logistikaning maqsadlari uchun moddiy resurslarga ehtiyojni
183
bashoratlash katta ahamiyatga ega, bu haridlarni boshqarish va sotishdan keyingi
servis uchun dolzarb bo‘ladi.
Bashoratlash logistik rejalashtirishning har xil turlari: strategic, taktik,
operativning ajralmas qismi bo‘ladi. Rejani ilmiy asoslash vositasi bo‘lgan holda,
bashorat rejalashtirish uchun zaruriy axborotlarga ega bo‘lishi, logistik menejment
jarayonini rivojlanish harakterining ehtimol bo‘lgan baholanishi va logistik tizim
oldiga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishning ehtimol bo‘lgan yo‘lini o‘z
ichiga olishi kerak. Umumiyroq nuqtai nazardan, bashorat – bu logistik jarayon,
tizim yoki alohida elementlarning kelajakdagi belgilangan paytdagi holati va bu
holatga erishishning muqobil yo‘llari haqidagi ehtimol bo‘lgan mulohazadir.
Iqtisodiy bashorat iqtisodiy tizimni rivojlanishining ehtimol bo‘lgan yo‘nalishlari
va har xil variantlarni belgilashga imkon beradi, hamda uni faoliyat yuritishining
aniq maqsadlarini tanlashda yordam beradi. Shuning uchun logistikada bashoratni
belgilanishi mikro va makro logistik muhit o‘zgarishlari tendensiyasini ochishdan
va logistik operatsiyalar dinamikasining firma menejmenti hodimlariga zarur
bo‘lgan ehtimol bo‘lgan miqdoriy va sifatiy baholarini olishdan iborat bo‘ladi.
Bashoratlashning umumiy sxemasida obyekt yoki jarayonning qandaydir
parametric bashoratini olish uchun bashoratlashning belgilangan modeliga ega
bo‘lishlari kerak, undan o‘tmishdagi vaqtning belgilangan oralig‘i uchun
retrospektiv (o‘tmishdagi) axborotlar, vaqtning hozirga payti parametri haqidagi
axborotlar va ba’zi tashqi muhit haqidagi bashoratli axborotlardan foydalaniladi.
Olingan bashoratning aniqligi va ishonchliligi dastlabki axborotning hajmi, aniqligi
va ishonchliligi, qo‘llanilayotgan usulning to‘g‘riligi va bashoratning chuqurligiga
bog‘liq.
Hozirgi vaqtda bashoratlashning juda katta miqdordagi har xil usullari
mavjud bo‘lib, ularning katta qismi faktografika, ya’ni obyektning o‘tmishdagi
hulqi haqidagi axborotlar – retrospektiv axborotlardan foydalanuvchi usullarga
kiradilar. Bashoratlash usullarini ehtimol bo‘lgan tasniflanishidan biri
38–chizmada
berilgan.
184
Do'stlaringiz bilan baham: |