36-chizma. Boshqaruvga yondoshishlar.
a) an’anaviy b) logistik
Makrodarajadgi logistik boshqaruv uchun alohida korxonalar va firmalar
logistik zanjirning bo‘g‘inlari bo‘ladilar, mikrodarajada esa bitta korxonaning
ta’minot xizmatlari, ishlab chiqarish, moliya – sotish bo‘limlari kabi faoliyat
yurituvchi bo‘linmalari bo‘ladi.
Logistik boshqaruv ishlab chiqarish, sotish faoliyatiga tizimli yondoshishni
amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Iqtisodiyotda tizimli yondoshish iqtisodiy tizimni tizimli tahlil nuqtai
nazaridan butun bir yaxlit sifatida o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy tizim
ochiq tizim bo‘lgan holda, bir tomondan, umumiy ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi
sifatida, boshqa tomondan esa – jamiyat iste’moli resurslari tizimining bir qismi
bo‘ladi. Iqtisodiy tizim maqsadga qaratilgan va tizimi obyektlarning vazifalari,
ularning xususiyatlari va ular o‘rtasidagi aloqalar bilan belgilanadi. Tizimli
obyektlar – bu kirish, jarayon, maqsad, chiqish, teskari aloqalar va cheklashlar.
Iqtisodiy tizimni o‘rganishga tiizmli yondoshish iqtisodiyotning barcha
kategoriyalari va qonunlarini ularning birliklari va o‘zaro asoslanganliklarida
o‘rganishni taqazo etadi. Qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligi tizimli
yondoshishni o‘lchovi bo‘ladi.
180
Shunday qilib, tizimli yondoshish har bir tizim hatto ayrim, tarqoq
tiizmchalardan tashkil topgan vaqtda ham integratsiyalangan yaxlit ekanligini
bildiradi. Tizimli yondoshish o‘rganilayotgan obyektni umumiy maqsad bilan
birlashtirilgan o‘zaro bog‘liq tizimchalarining majmuasi sifatida ko‘rishga, uning
intagratsiyalangan xiussiyatlari, ichki va tashqi aloqalarini ochib borishga imkon
beradi.
Alohida elementlar (bo‘g‘inlar) ning xususiy maqsadlarini butun tizimning
yagona maqsadina tahlil qilish asosida qo‘yish va erishishga asoslangan tizimli
yondoshishni deduktivli deb atash mumkin.
Butun tizim faoliyatining har biri o‘zining xususiy maqsadini ko‘zlovchi
alohid elementlar faoliyatini birlashtirish natijasi sifatida olinadigan an’anaviy
yondoshishni indektivli deb atash mumkin.
Boshqaruv logistik tizimlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
bunday tizim avval atrof muhit bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatish maqsadida tahlil
qilinishi, keyin esa shakllanayotgan tizim ichidagi o‘zaro aloqani belgilashi kerak.
Boshqaruvning logistik tizimlari, haqiqatdagi har bir tizim kabi
rivojlanishning har xil bosqichlarida bo‘lishi va ishlab chiqarish hamda sotishning
har xil tarkibiy Qismlarini qamrab olishning to‘liqligi darajasi bilan farqlanishlari
mumkin.
Boshqaruvning logistik tizimlarini qo‘llash uchun rivojlanishning to‘rtta
darajasi yoki ishlab chiqarish, sotish tizimi tarkib qismlarini qamrab olish
to‘liqligining to‘rtta darajasi xosdir.
181
1 – birinchi daraja
2 – ikkinchi daraja
3 – uchinchi daraja
4 – to‘rtinchi daraja
Do'stlaringiz bilan baham: |