Hamshiralik tashxislari. Ko‘ngil aynishi, qusish, bosh
og‘rig‘i, bel sohasidagi og‘riqlar, siydik miqdorining kamayishi,
tana haroratining ko‘tarilishi, talvasalar, gidrotoraksd
аn bоlа-
l
аrning qiynаlishi.
Qo‘shimcha tekshiruvlar. Siydikni Zimnitskiy, Addis-
Kakovskiy, Nechiporeko, Ambyurje bo‘yicha tekshiruv, qon-
dagi qoldiq azot, mochevina miqdorini aniqlash, sutkalik
diurezni aniqlash, suv balansini aniqlash, bolani nazorat o‘lchab
turish va boshqalar.
Davolash va h
аmshirаlik parvarishi. Diffuz glomerulonefrit
bilan og‘rigan bolalarni davolash rejimi tayinlash, diyeto-
terapiya, mikroblarga qarshi kurashish, immun tizimni kuchay-
tirish va simptomatik dori-darmonlarni samarali qo‘llashdan
iborat.
Glomerulonefritning o‘tkir kechishi yoki qo‘zigan davrida
bemorlar statsionar sharoitda davolanadi. O‘tkir klinik
ko‘rinishlar – gipertoniya, shishlar, makrogematuriya paydo
bo‘lgan vaqtdan boshlab hisoblaganda kamida 3-4 hafta
davomida bolaga o‘rinda yotish rejimi buyuriladi, ekstrarenal
181
belgilar yo‘qolib ketgach, yarim yotish rejimi, keyinchalik esa,
erkin yoki faol rejim tayinlanadi.
Davolash ishlarini tashkil etishda diyetoterapiyaning o‘rni
beqiyosdir. Kasallik o‘tkir o‘tayotganda yoki to‘lqinsimon o‘tib
turib, qo‘zib qolgan davrda yengillashtiruvchi qand-meva
kunlari buyuriladi. Yengillashtiruvchi kun o‘tkazilganidan keyin
tuzsiz va hayvon oqsillari cheklangan ovqat buyuriladi. Bunday
ovqat masalliqlari sabzavot, kartoshka, mevalar, o‘simlik moyi,
yormalar, un, qand, k
оnfеt (shоkоlаdlimаsidаn) cheklangan
miqdordagi sut, tuxum, qaymoq, meva suvlari va ba’zi qandolat
mahsulotlari (murabbo, marmelad, zefir), tuzsiz bug‘doy
nondan iborat.
Bemor kasalxonaga kelgan birinchi kunlardan boshlab
vitaminlar: sutkasiga 200-500 mg dan askorbinat kislota, A, B
6
,
K, B
12
vitaminlari ham tayinlanadi.
Kasallik aktiv fazaga kirganida va qo‘zib qolganda hamma
bemorlarga antibiotiklar buyurish zarur.
Gipotenziv dori-darmonlar tariqasida bolalarga rezerpin
(sutkasiga 0,1-0,25 mg), dibazol (bolaning har bir yoshiga
sutkasiga 0,001 g hisobidan), metildofa (kuniga 0,15-0,2-0,25 g
dan) ishlatiladi.
Nefritning nefrotik formasi bilan og‘rigan, buyrak yetish-
movchiligining alomatlari yo‘q bolalarga glyukokortikoidlar
berib turish o‘rinlidir (sutkasiga 2-1,5 mg hisobida pred-
nizolon).
Diffuz glomerulonefrit bilan og‘rigan bolalar dispanser
kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. Klinik-laboratoriya jihatidan
olganda to‘la remissiya holida kasalxonadan chiqarilgan bolalar
1 yil davornida 3 oyda bir martadan tekshirib turiladi, keyin-
chalik kasallik qo‘zimaydigan bo‘lsa, 6 oyda bir marta tekshirib
boriladi. Oyiga 1 marta siydik, 2 oyda bir marta qon tahlillari
o‘tkazib turiladi.
Klinik-biokimyoviy jihatdan remissiya holiga o‘tgan va
qoldiq siydik sindromi bo‘lgan bolalar oyiga bir marta
tekshirishdan o‘tkazib turilishi kerak, 2 haftada bir marta
siydigi, 2 oyda bir marta qoni tahlil qilib turiladi.
Klinik remissiya to‘la-to‘kis bo‘lmasa, bolalarni har oyda,
glyukokortikoidlar buyurilganida esa har haftada tekshirishdan
182
o‘tkazib turish kerak. 2 haftada bir marta siydigi, 2 oyda bir
marta qoni tahlil qilib ko‘riladi.
Bola kasalxonadan chiqarilganidan keyin davo buyraklardagi
patologik jarayonning aktivligiga bog‘liq bo‘ladi.
Klinik remissiya davrida va qoldiq siydik sindromi bo‘lganida
bolalarni ixtisoslashtirilgan sanatoriylarga yuborish mumkin.
Ehtiyotdan emlash ishlari (profilaktik vaksinatsiyalar) klinik-
laboratoriya jihatidan to‘la-to‘kis remissiya boshlanganidan bir
yil keyin o‘tkaziladi.
Glomerulonefritning gematurik formasi bilan og‘rib o‘tgan
bolalar klinik-laboratoriya jihatidan to‘la remissiya boshlangan
vaqtdan hisoblaganda 2 yil davomida dispanser kuzatuvi ostida
turadi.
Kasallikning nefrotik va aralash formasi bilan og‘rigan
bolalar doimo dispanser kuzatuvi ostida bo‘ladi, lekin 15 yoshga
to‘lganidan keyin ularni terapevt kuzatuvi ostiga o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |