M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

Profilaktikasi. Kasallikning profilaktikasida sanitar-gigiyenik 
qoidalarga rioya qilish, bolalarni yuqori nafas yo‘llari infeksiya-
laridan  asrash,  ayniqsa,  qiz  bolalarni  yuqori  ko‘tariluvchi 
infeksiyalardan ehtiyot qilish katta ahamiyatga ega.
 
 
Sistit
 
 
Sistit  –  siydik  pufagi  (qovuq)  shilliq  pardasining  yal-
lig‘lanishi bo‘lib, emizikli va yasli yoshidagi bolalarda ko‘proq 
uchraydigan kasalliklar qatoriga kiradi. Chunki aynan mana shu 
davrda bola parvarishida nuqsonlar yuzaga keladi, bolalarning 
ho‘l o‘rinda ko‘p vaqt qolib ketishlari, zax joylarda ko‘p o‘ynash 
hollari ortadi.
 
Etiologiyasi.  Bolalardagi  sistitlarning  kelib  chiqishida  turli 
guruhlarga  kiruvchi  mikroblar  –  ichak  tayoqchalari, 
stafilokokklar,  streptokokklar,  protey  yoki  aralash  mikroflora 
katta rol o‘ynaydi.
 
Mikroblar qovuqqa quyidagi yo‘llar bilan tushishi mumkin:
 
1.  Buyraklardan  –  pastga  yo‘naluvchi  yo‘l  bilan  (ko‘proq 
buyraklarning tuberkulyoz bilan zararlanishida).
 
2. Siydik chiqarish yo‘li orqali – yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l 
bilan  (vulvit  va  vulvovaginitlarda,  balanopostitda,  fimoz, 
uretritlarda).
 
3. Gematogen (qon orqali) yo‘l bilan (tonzillit, furunkulyoz, 
kariyeslarda).
 
4.  Muloqot  (kontakt)  yo‘li  bilan  (kamdan-kam  hollarda). 
Yuqoriga  ko‘tariluvchi  yo‘l  aksariyat  hollarda  qizlarda  kuza-
tiladi,  chunki  ularda  siydik  chiqarish  yo‘llari  keng  va  qisqa 
bo‘ladi.  Siydik  pufagiga  mikroblarning  tushishiga  qovuqni 


 
185 
kateterlash  va  sistoskopik  tekshiruvlar  o‘tkazish  ham  sabab 
bo‘lishi mumkin.
 
Sistitning  rivojlanishiga  imkon  yaratuvchi  omillar  – 
sovqotish,  ko‘p  charchash,  siydik  chiqarish  yoki  ajralishining 
buzilishlari ham muhim o‘rin egallaydi. Ostritsalar ham sistit-
larning kelib chiqishida ahamiyatlidir.
 
Klinikasi. Sistitlarning o‘tkir va surunkali turlari farqlanadi. 
O‘tkir  sistit  birdaniga,  aksariyat  hollarda  sovqotishdan  keyin 
boshlanadi.  Siydik  ajralishida  va  qorinning  pastki  qovuq 
sohasida og‘riqlar paydo bo‘lishi, bolaning kam-kam, lekin tez-
tez siyishi, ba’zida esa siydik tutolmaslik hollari kuzatiladi.
 
Bola bezovta bo‘lib uyqusi buziladi, tana harorati ko‘tarilishi 
ham  mumkin.  Siydik  loyqasimon,  o‘tkir  hidli,  cho‘kmali 
bo‘ladi. Ba’zida siydik bilan qon ajralishi mumkin.
 
Bunday  holatlar  2–3  kun  davom  etadi  va  davo  choralari 
natijasida o‘tib ketadi.
 
Surunkali sistit hozirgi kunda deyarli uchramaydi.
 
Asoratlari. Sistit vaqtida davolanmasa yuqoriga ko‘tariluvchi 
yo‘l bilan mikroblar buyraklargacha chiqishi va nefritga sabab 
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, siydik chiqarish kanalining 
torayib  qolishi,  siydik  tutolmaslik,  siydik  chiqarish  kanalida 
toshlarning  paydo  bo‘lishi  kabi  asoratlar  rivojlanishi  ham 
mumkin.
 
Oqibati. O‘tkir sistit vaqtida aniqlanib, tegishli davo choralari 
olib borilganda asoratlarsiz batamom tuzalib ketadi. Surunkali 
sistitning oqibati esa hamisha jiddiy.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish