M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


Bir yoshdan katta bolalarni ovqatlantirish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
Bir yoshdan katta bolalarni ovqatlantirish
 
 
1  yoshdan  3  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarni  ovqatlantirishda 
ovqatlar har xil masalliqlardan tuzilgan bo‘lishi, suyuq va yarim 
suyuq  ovqatlar  asta-sekinlik  bilan  quyuqroqlari  bilan 
almashtirib borilishi kerak.
 
Bola  ratsionining  to‘la  qimmatli  bo‘lishini  ta’minlash 
maqsadida bolaning har bir kilogrammiga 4 g oqsil, 4 g yog‘ va 
15-16  g  uglevodlardan  iborat  ovqatlar  beriladi.  Bolaga 
beriladigan oqsillarning 75% ni hayvon oqsillari tashkil qilishi 
kerak.  Bolaga  1,5  yoshligigacha  yog‘lar  sariyog‘,  smetana  va 
qaymoq ko‘rinishida, undan keyin esa o‘simlik moylari sifatida 
kiritilsa  bo‘ladi.  Lekin  shunda  ham  o‘simlik  moylarining 
miqdori umumiy yog‘lar miqdorining 15% dan oshib ketmasligi 
lozim. Bolaga mazkur yoshda avvaliga 700 ml, keyinchalik esa 
kamida  500  ml  dan  sut  berib  turish  kerak.  Tuxum  kunora 
bittadan  bera  boshlanadi  va  keyinchalik  har  kuni  bittadan 
beriladi.
 
Bolaning ovqatida meva va sabzavotlar, oshko‘klar ko‘proq 
ishlatilishiga  katta  e’tibor  berish  kerak.  1-3  yoshli  bolalarning 
suvga  bo‘lgan  ehtiyoji  har  bir  kilogrammiga  80  ml  ni  tashkil 
qiladi.
 
Aksariyat  1-1,5  yoshdan  oshgan  bolalar  4  mahal  ovqat-
lanishga o‘tishadi. Bolani ana shu vaqtdan boshlab ovqatlanish 
rejimi (tartibi)ga o‘rgatishga harakat qilish kerak.
 
1-1,5  yoshgacha  bo‘lgan  bolalarning  sutkalik  ovqat  hajmi 
1000-1100; 1,5-3 yoshlarida esa 1200-1300 gr bo‘lishi kerak.
 
Maktabgacha  tarbiya  va  maktab  yoshidagi  bolalarning 
ovqatlanishi  ham  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarning oqsil va yog‘larga bo‘lgan ehtiyoji 
3,5-4 g ni, uglevodlarga bo‘lgan ehtiyoji esa 10-15 g ni, kichik 


 
138 
maktab  yoshidagi  bolalarda  oqsil  va  yog‘larga  ehtiyoj  3-3,5  g 
ni,  uglevodlarga  ehtiyoj  10-15  g  ni  tashkil  etsa,  katta  maktab 
yoshidagi bolalarda bu ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 2,5 g va 
9-10 g ni tashkil qiladi.
 
Maktab va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 4 mahalli 
ovqatlanish 
rejimida 
bo‘lishlari 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning sutkalik ovqat hajmi 
1800 ml, sutkalik kaloriyasi 2300 kkal ni, maktab yoshidagilar 
uchun  esa  bu  ko‘rsatkichlar  2  l  va  2800-3000  kkal  ni  tashkil 
qiladi.
 
Maktabgacha 
tarbiya 
muassasalari 
va 
maktablarda 
bolalarning  ovqatlanishini  bog‘cha  va  maktab  shifokorlari  va 
hamshiralari  tashkil  qilishlari,  uni  muntazam  nazorat  qilib 
borishlari  va  bu  ishda  ota-onalar  bilan  yaqindan  hamkorlik 
qilishlari kerak. Oshxonalar va u yerda ishlovchi xodimlarni har 
tomonlama (tibbiy ko‘rik va laborator tekshiruvlar) nazoratdan 
o‘tkazib  turish,  haftalik  ovqatlanish  uchun  taomnoma  tuzish, 
tayyorlanadigan ovqatlar uchun taqsimlagich tuzish va tayyor-
langan  ovqatlarning  sifatini  nazorat  qilish  tibbiyot  xodim-
larining d
оimiy vazifalari hisoblanadi.
 
Ovqatlanishning asosiy ko‘rsatkichlari tana og‘irligi va bo‘y 
uzunligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: OB =bola og‘irligi, 
kg/ bo‘y uzunligi 2,2.
 
Ogirlik bo‘y indeksi guyidagi standartlar orqali baholanadi -
3CO, -2CO, -1CO, 0, +3CO,+2CO,+2CO,+1CO.
 
Agar bolaning ko‘rsatkichlari –3CO atrofida bo‘lsa, bunday 
bola  yordamga  muhtoj  og‘ir  hisoblanadi.  Ovqatlanishning 
bunday  holati  kuchli  oqsil  energetik  yetishmovchligini 
ko‘rsatadi. 
 
OB  ko‘rsatkichlari  –2CO  va-1CO  atrofida  bo‘lsa,  bunday 
bola ozg‘in hisoblanadi. Bola doim nazoratda bo‘ladi. 
 
OB ko‘rsatkichlari –1CO va +1CO atrofida bo‘lsa, bunday 
ko‘rsatkich normal hisoblanadi.
 
OB ko‘rsatkichlari +1CO va +2CO atrofida bo‘lsa, bolaning 
bunday  holati  meyoridan  ortiq  hisoblanadi.  +3CO  dan 
balandlik semizlik hisoblanadi.
 
Oziqlanishning kamayib ketish sabablari:
 
– alimentar fakt
оr noratsiоnal ovqatlanish;
 


 
139 
– og‘ir  kasalliklar  o‘tkir  va  surinkali  somatik  va  surunkali 
kasalliklar;
 
– em
оtsiоnаl va ijtimoiy faktоrlar.
 
Muammoni hal qilish yo‘li:
 
– bolani 2 yochgacha ko‘krak suti bilan ovqatlantirish;
 
– yoshgacha bo‘lgan bolalarni ratsional ovqatlantirish;
 
– bolalarda uchraydigan kasalliklarning oldini olish.
 
Ortiqcha ovqatlanish sabablari:
 
– elimentar  fakt
оr  bola  оrganizmiga  ko‘p  miqdorda 
uglevodga  yog‘  mahsulotlariga  boy 
оqsil  moddalarning 
organizmga kirishi;
 
– konsitutsional va irsiy patologiya;
 
– end
оkrin, asab patologiyasi.
 
Muammoni hal qilish yo‘li:
 
– ovqatlanishda oqsil, uglevod, yog‘ mahsulotlari, mikr
оele-
mentlarni kerakli miqdorda ta’minlash;
 
– harakatning aktivligini oshirish;
 
– organizmdagi kasalliklarni davolash.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish