M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

 
Qoshimcha ovqatlar kiritish q
оidalari, 
 
muddatlari va turlari
 
 
Yuqorida  aytilganidek,  bola  4  oylik  bo‘lganda  ona  suti 
miqdor  jihatidan  yetarli  bo‘lsa  ham  sifat  jihatidan  yetishmay 
boshlaydi (bolaning to‘g‘ri o‘sishi va rivojlanishi uchun mineral 
moddalar yetishmaydi, yangi oziq moddalar talab qilinadi) va 
bolaga qo‘shimcha ovqatlar kiritishga zarurat tug‘iladi.
 


 
136 
Qo‘shimcha ovqat vaqtida kiritilmasa moddalar almashinuvi 
buzilib, bola o‘sishdan orqada qol
а boshlaydi, kamqonlik rivoj-
lanadi,  kasalliklarga  qarshilik  qobiliyati  pasayadi  va  nimjon-
lashib qoladi.
 
Qanday qo‘shimcha ovqat kiritilishidan qat’i nazar, quyidagi 
q
оidalarga amal qilish shart:
 
1. Qo‘shimcha ovqatni bola onasini emib bo‘lgach berish.
 
2.  1-2  qoshiqchadan  bera  boshlash,  3-4  kun  ichida  ovqat 
miqdorini  150-200  grammgacha  yetkazish  va  bitta  emizish 
o‘rnini qo‘shimcha ovqat bilan almashtirish.
 
3. Bola bir turdagi qo‘shimcha ovqatga o‘rganib olgachgina 
unga ikkinchi bir qo‘shimcha ovqatni bera boshlash.
 
4. Bolaga beriladigan ovqat mayin va yutishga qulay bo‘lishi 
kerak.
 
5. Bolani asta-sekin qoshiqdan ovqat yeyishga va chaynashga 
o‘rgatib borish.
 
Ushbu  q
оidalarga  amal  qilgan  holda  bolaga  qo‘shimcha 
ovqatlar kiritish jarayonini tibbiyot hamshirasi kuzatib boradi va 
tegishli maslahatlar berib turadi. 
 
1. Bolaning 1-1,5 oyligidan meva sharbati 5-10 ml dan bera 
boshlanadi va asta-sekinlik bilan ko‘paytiriladi. Avvaliga tom-
chilab sutga aralashtirilgan holda, keyinchalik esa qoshiqchada 
beriladi.
 
2.  Bola  4  oylik  bo‘lganda  unga  meva  yoki  sabzavotlardan 
tayyorlangan  bo‘tqa,  yoki  manniy  bo‘tqasi  40-50  grammdan 
berila  boshlanadi  va  asta-sekinlik  bilan  uning miqdori  oshirib 
boriladi.
 
3. Bola 6 oylik bo‘lganida unga ikkinchi qo‘shimcha ovqat 
sifatida,  agar  birinchi  qo‘shimcha  ovqat  sifatida  meva  yoki 
sabzavot  bo‘tqasi  kiritilgan  bo‘lsa,  manniy  bo‘tqasi  35-40 
grammdan kiritiladi va aksincha.
 
4. Bola hayotining 7-oyida unga uchinchi qo‘shimcha ovqat 
go‘shtli qaynatma sho‘rva (bulon) 5-10 ml dan kiritiladi.
 
5. Bola 8 oylik bo‘lganida to‘rtinchi qo‘shimcha ovqat kefir                   
50-100 grammdan kiritiladi.
 
6.  Bola  9-10  oylik  bo‘lganida  unga  go‘shtli  frikadelkalar 
kiritiladi, ular 5-25 grammdan boshlab beriladi.
 
Qo‘shimcha ovqatlar berish bilan birga bolaga oqsil, yog‘ va 
uglevodlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 3 oyligidan 


 
137 
boshlab  1/4  miqdordan  tuxum  sarig‘i,  4  oyligidan  5-10 
grammdan tvorog, 5 oyligidan pechenye, 8 oyligidan esa non 
berish mumkin.
 
Har qanday qo‘shimcha ovqat yuqorida aytilgan q
оidalarga 
qat’iy rioya qilingan holda, bolaning barcha fiziologik bo‘sha-
lishlarini nazorat qilib borish bilan kiritilishi lozim (qo‘shimcha 
ovqatlarni tayyorlash amaliy qismda bayon etilgan).
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish