L
аbоrаtоr tаhlil:
Q
оnni biоlоgik tеkshiruvidа gipеrkаlsiеmiya vа gipеrkаl-
siuriya s
еkinlаshаdi. Sulkоvich sinаmаsi yordаmidа hаm qоndа
k
аttа miqdоrdа kаlsiy bоrligini аniqlаsh mumkin.
119
D
аvоlаsh: Vitаmin D yubоrishni zudlik bilаn to‘xtаtish vа
b
еmоrni gоspitаlizаtsiya qilish. Zаhаrlаnish bеlgilаrini
yo‘q
оtish, а’zоlаrni fаоliyatini tiklаsh, minеrаllаr аlmаshinuvini
v
а оrgаnizmdаn kаlsiy chiqаrilishini yaxshilаsh dаvоlаshning
аsоsiy mаqsаdidir.
Spazmofiliya
Spazmofiliya – yosh go‘dak bolalar uchun xarakterli kasallik
bo‘lib, faqat hayotining dastlabki ikki yilini yashab kelayotgan
bolalarda uchraydi. Aksariyat bolalarda kasallik yashirin, latent
holda kuzatilsa, bolalarning bir qismidagina xarakterli klinik
simptomlar bilan ro‘yi-rost formada yuzaga chiqadi.
Spazmofiliya bilan raxit kasalligi orasida ma’lum bir
bog‘liqlik borligi aniqlangan.
Spazmofiliyaning asosiy klinik ko‘rinishlari spazm bilan
talvasalarga kalsiyning sezilarli darajada yetishmay qolishi va
buning natijasida nerv oxirlarida qo‘zg‘aluvchanlikning
kuchayib ketishi sabab bo‘ladi.
Spazmofiliya yilning har qanday faslida kuzatiladi, biroq
ayniqsa, kunlar bulut bo‘lib turgan mahalda birdan ochilib,
quyosh chiqib ketadigan ilk bahor kunlarida hammadan ko‘ra
ko‘proq uchraydi.
Quyidagi holatlar spazmofiliya hurujlarining tutishiga sabab
bo‘lishi mumkin:
1. Harorat ko‘tarilishi bilan o‘tayotgan qanday bo‘lmasin
biror kasallik;
2. Me’da-ichak kasalliklari vaqtida tez-tez qusish;
3. Bolaning birdaniga qattiq yig‘lab bezovtalanishi;
4. Qattiq qo‘rqish yoki hayajonlanish;
5. Turli tibbiy muolajalar o‘tkazish va boshqalar.
Klinikasi. Kasallik yuqorida ta’kidlanganidek, ikki xil
formada kechadi.
Ro‘y-rost spazmofiliya uchta klinik formada: laringospazm,
karpopedal spazmlar va eklampsiya formalarida yuzaga chiqadi.
Spazmofiliyaning eng ko‘p uchraydigan formasi laringo-
spazm, ya’ni ovoz tirqishining torayib qolishi bo‘lib, bola tinch
turgan mahalda yoki qanday bo‘lmasin biron-bir yuqorida
keltirilgan sabablar natijasida to‘satdan nafas olishi qiyinlashadi,
nafas vaqtida o‘ziga xos xirillash eshitiladi, ovoz tirqishi
120
yumilib, bolaning yuzida qo‘rquv ifodasi paydo bo‘ladi, u
og‘zini ochib,
«havo olmoqchi bo‘ladi», badanining terisi
ko‘karib, yuzi bilan gavdasi muzdek ter bilan qoplanadi. Bir
necha soniyadan keyin bola shovqin bilan nafas oladi va nafasi
asta-sekin asliga qaytadi. Bunday xurujlar kun davomida takror-
takror tutib turishi ham mumkin.
Aksariyat bolalarda laringospazm izsiz o‘tib ketishi, lekin
nafas uzoq to‘xtab qolgan hollarda bola o‘lib qolishi ham
mumkin.
Spazmofiliyaning ikkinchi, nisbatan kamroq uchraydigan
formasi -karpopedal spazmlar, ya’ni qo‘l-oyoq muskullari,
ayniqsa, panja muskullarining tonik qisqarib turishi bo‘lib, xuruj
tutgan vaqtda bola g‘alati ko‘rinishga kirib qoladi: yelkalari
gavdasiga taqalib, qo‘llari tirsak bo‘gimlaridan bukilgan,
panjalari pastga tushirilgan, go‘yoki
«akusher qo‘li» holatini
olgan bo‘ladi. Biroq ko‘pincha boshqa barmoqlar ham kaftga
taqalgan holda turadi, shunga ko‘ra qo‘l panjasi musht holatida
tugilgan bo‘ladi.
Oyoq muskullari ham qo‘llarga o‘xshab chanoq- son va tizza
bo‘g‘imlarida, ko‘pincha bukilgan, oyoq barmoqlari va oyoq
panjasining butun gumbazi oyoq tagiga qarab keskin bukilgan
holatda bo‘ladi, shunga ko‘ra oyoq tagining terisi burmalar hosil
qiladi. Qo‘1-oyoqlar muskullarining bunday qisqarishlari bir
necha soatdan bir necha kungacha davom etishi va takrorlanib
turishi mumkin.
Hammadan kam uchraydigan, ammo eng xatarli bo‘ladigan
spazmofiliyaning og‘ir formasi eklampsiya bo‘lib, bunda butun
tanadagi ko‘ndalang targ‘il va silliq muskullarga tarqaladigan
kloniko-tonik talvasalar kuzatiladi.
Tonik va klonik talvasalar yakka hamda aralash holda ham
paydo bo‘lishi yoki ketma-ket tutib turadigan bo‘lishi mumkin.
Klonik talvasalar hayotining birinchi yilini yashab kelayotgan
bolalarda ko‘proq kuzatilsa, yoshidan oshgan bolalarda esa
ko‘proq tonik talvasalar kuzatiladi.
Latent yoki yashirin spazmofiliya ro‘yi-rost formasiga
qaraganda bolalarda ancha ko‘proq uchraydi va quyidagi
d
оimiy simptomlari bilan namoyon bo‘ladi:
1. Xvostek simptomi – fossa canina (yonoq ravog‘i bilan
og‘iz burchagi o‘rtasi) ga barmoq bilan ohista tukillatib urib
121
ko‘rilgan zahoti tegishli tomondagi og‘iz, burun yoki ko‘z
qovog‘i muskullarining qisqarishi yoki tortishib qolishi
kuzatiladi.
2. Lustningperonial simptomi – bola yig‘lab turgani sababli
simptomini aniqlash mumkin bo‘lmagan mahalda qo‘llaniladi:
n.perineus nervini ta’sirlab ko‘rish uchun kichik boldir suyagi
boshchasining orqasi va sal pastiga bolg‘acha bilan urib
ko‘riladi.
Аyni vаqtdа bоlаning bоldirini chаp qo‘l bilаn ushlab,
oyoq panjasi erkin osilib turadigan holda tutilsa, bola oyoq
panjasini dorzal tomoniga bukib, sal tashqari tomonga
uzoqlashtiradi.
3. Trusso simptomi – latent spazmofiliyaning periferik
asablar mexanik qo‘zg‘aluvchanligi kuchayishidan paydo
bo‘ladigan simptomlari jumlasiga kiradi va bolaning yelkasi
tomir-asab dastasiga jgut, manjetka yoki shunchaki barmoqlar
bilan bir necha daqiqa bosib turiladigan bo‘lsa, qo‘lining
panjasi, muskullari tortishib, qisqarib qolishi tufayli
«akusher
qo‘li
» holatini oladi. Ushbu simptom Xvostek simptomi kabi
doim ham kuzatilavermaydi.
Spazmofiliyaning yuqorida tasvirlab o‘tilgan ko‘rinishlari bir-
biri bilan har xil tarzda qo‘shilgan holda uchraydi, vaqtida oldi
olinmasa va tegishli davo choralari ko‘rilmasa, retsidivlanishi,
ya’ni qaytalanishi mumkin.
Asoratlari. Spazmofiliya vaqtida aniqlanmasa va tegishli
davolash o‘tkazilmasa, uzoq davom etgan laringospazmdan va
ayniqsa, eklampsiya xurujlaridan so‘ng bola o‘lib qolishi,
miyada turg‘un o‘choqlar paydo bo‘lishi, raxit bilan birga
kechishida nafas organlarining kasalliklari avj olib ketishi
xavfini tug‘diradi.
Oqibatlari. Vaqtida aniqlash va ko‘riladigan keskin chora-
tadbirlar spazmofiliya xurujlarining kamayishi, batamom
yo‘qolishi va izsiz tuzalib ketishiga olib keladi. Aksariyat
hollarda bolalar 2 yoshdan oshgandan so‘ng ovqatlanishdagi
kamchiliklarning keskin kamayishi va kalsiyga bo‘lgan ehtiyoj-
ning qondirilishi natijasida kasallik kamroq uchraydigan bo‘lib
qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |