Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi
Chaqaloqlarning gemolitik kasalligi ona bilan homila
qonining rezus-faktori va AVO tizim qon guruhlari bo‘yicha
bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, ba’zi hollarda esa boshqa sabablarga
ko‘ra paydo bo‘ladigan patologik holatdir.
1940-yilda Landshteyner va Vinerlar tomonidan qondagi
eritrotsitlar tarkibida maxsus rezus-omilning mavjudligi va 85%
odamlarning eritrotsitlarida d
оimiy bo‘lishini (aglyutinogen)
aniqlashdi va bunday odamlar rezus-musbat odamlar deb e’tirof
etildi. 15% odamlar eritrotsitlarida bu faktor bo‘lmaydi va ular
– rezus-manfiy odamlar hisoblanishadi. Ushbu omil dominant
tipda nasldan-naslga o‘tishi va aksariyat hollarda bolaga rezus-
musbatlilik otadan meros bo‘ladi.
Chaqaloqlar gemolitik kasalligiga kamroq hollarda ona bilan
homila qonining AVO tizim guruhlari bo‘yicha bir-biriga to‘g‘ri
kelmasligi sabab bo‘ladi, ona qoni O (I), bola qoni esa A (II)
guruh bo‘lganida shunday kasallik kelib chiqadi.
Homiladagi rezus-musbat qon yoki A(II) guruh qoni ona
qoni uchun antigenlik vazifasini bajaradi va ular ona
organizmiga o‘tgach, ularga nisbatan maxsus antitelolar ishlab
chiqariladi. Ana shu antirezus va antiguruh antitelolar turli
patologik holatlar natijasida yo‘ldoshning o‘tkazuvchanlik
xususiyati susayishidan foydalanib bola organizmiga o‘tishi va
uning eritrotsitlarining yemirilishi (gemoliz)ga va kasallik
belgilarining yuzaga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Kasallikning klinikasi antirezus yoki antiguruh antite-
lolarning bolaga qancha erta ta’sir etganligiga, bolaning
nechanchi farzandligiga, rezus-manfiy qonli qiz yoki ayolga
necha marta tartibsiz qon quyilganligiga bog‘liq.
Aytib o‘tilgan antitelolar homilaga qanchalik erta ta’sir qila
boshlasa, kasallik shuncha og‘ir ifodalanadi yoki aksariyat
hollarda chaqaloq o‘lik tug‘iladi yoki dastlabki soatlarda o‘lib
qoladi.
Chaqaloqlar gemolitik kasalligining uchta formasi farq
qilinadi:
92
1. Shishli; 2. Sariqlik; 3. Anemik.
Shishli formasi kasallikning hammadan og‘ir formasi bo‘lib,
bola tug‘ilg
аnidа a’zoyi badanining shishib, bo‘shliqlarida
suyuqlik to‘planib qolgan bo‘lishi, teri qoplamining oqarib
(ba’zan sarg‘ayib) turishi, jigar bilan taloqning anchagina
kattalashib ketganligi, keskin anemiya borligi (eritrotsitlar soni
1,5-2-10 g/l gacha tushib qolgan va bundan kam, gemoglobin
30-60 g/l va bundan kam bo‘ladi) bilan xarakterlanadi. Qon
tahlillarida o‘ta og‘ir o‘zgarishlar aniqlanadi. Kasallikning bu
formasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni saqlab qolish nihoyatda
qiyin bo‘lib, tug‘ilganidan keyin, odatda, dastlabki soatlarda
o‘lib qoladi.
Sariqlik formasi kasallikning hammadan ko‘p uchraydigan
formasi hisoblanadi. Kasallikning dastlabki simptomi bola
badanining sariq tusga kirishi bo‘lib, sariqlik bola tug‘ilishi
bilanoq yoki 1-2 kunlari paydo bo‘ladi va tez kuchayib boradi
va sariq-gungurt yoki ba’zi hollarda, sariq-jigarrangnamo
tusgacha boradi.
Ko‘z sklerasi shilliq pardalari ham sarg‘aygan, jigar va taloq
kattalashgan, bolalar bo‘shashgan, quvvatsiz bo‘lib qoladi,
onasini yaxshi emmaydi. Chaqaloqlarga xos reflekslar susaygan
bo‘ladi. Teri ostiga qon quyilishi va qon ketishga moyillik
seziladi. Bolaning siydigi to‘q rangli, axlati esa normal rangda
bo‘ladi. Qon tahlilida har xil darajada ifodalangan anemiya,
eritroblastoz, retikulositoz, leykotsitoz aniqlanadi. Qondagi
bilvosita bilirubin miqdori ko‘payib ketishi hammadan
xarakterli bo‘lib, kindik qoni zardobida uning soat sayin 0,85
dan 3,4 mkmol/l gacha oshib borishi bolada sariqlik va intoksi-
katsiyaning kuchayishiga olib keladi.
Sariqlik formasi vaqtida davolanmasa og‘ir asorat – bilirubin
ensefalopatiyasi yoki yadro sariqligiga olib kelishi mumkin. Bu
asorat bolaning bo‘shashib qolishi, adinamiya, so‘rish
refleksining susayishi, uyquchanlik, muskullar tonusining
pasayishi, qo‘1-oyoqlar tremori, nistagm, opistotonus, Grefe va
«botayotgan quyosh» simptomlari bilan namoyon bo‘ladi.
Sariqlik formasi aksariyat hollarda tegishli davo choralari
ko‘rilganda yaxshilik bilan tugaydi.
Anemik fornasida bolalar rangining pastligi, birmuncha
bo‘sh
аshgan va ko‘krakni yaxshi emmasligi, jigar va taloqning
93
kattalashganligi, periferik qonda esa anemiya, normablastoz,
retikulositoz borligi aniqlanadi. Bilirubin miqdori normada yoki
biroz ko‘paygan bo‘lishi mumkin. Kasallikning bu formasi
ko‘pincha asoratlarsiz tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |