M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

Tug‘uruq  shishi  –  bu  homila  tug‘ilishi  vaqtida  tug‘uruq 
yo‘llaridan  birinchi  bo‘lib  o‘tib  kelgan  sohalarning  tug‘uruq 
yo‘llariga  moslashishi  va  surilishi  natijasida  kelib  chiqqan 
to‘qimalarning  shishi  hisoblanadi.  Tug‘uruq  shishi  aksariyat 
hollarda  chaqaloqning  boshida (boshi  bilan  kelganda),  yuzida 
(yuzi  bilan  kelganda),  dumbasida  (dumbasi  bilan  kelganda) 
kuzatiladi.  Ushlab  ko‘rilganda  yumshoq  to‘qima  qo‘lga 
unnaydi, kefalogematomadan suyaklararo choklardan ham o‘tib 
ketganligi bilan farq qiladi, bolaning umumiy ahvoliga deyarli 
salbiy  ta’sir  qilmaydi.  Ko‘pchilik  hollarda  2-3  kundan  so‘ng 
hech qanday asoratlarsiz yo‘qolib ketadi.
 
Kefalogematoma – boshdagi qonli g‘urra bo‘lib, aksari cha-
qaloq uzoq vaqt tug‘uruq yo‘l-
larida qolib ketganida, vakuum 
ekstraktorlardan  (manfiy  bo-
simli so‘ruvchi asbob) foydala-
nilganda,  tez  tug‘ilish  natija-
sida, yo‘lda va uy shar
оtlarida 
tug‘ilish hollarida kelib chiqadi 
(2-rasm). Kefalogematoma su-
yak  ustki  pardasining  ostiga 
qon 
quyilishi 
bo‘lganligi 
uchun, quyilgan qonning miq-
doriga qarab bolaning ahvoliga 
ta’sir qilishi mumkin. Tug‘uruq 
shishidan  farqli  o‘laroq,  kefa-
logematomada  qon  quyilishi 
bitta  suyak  chegarasidan  o‘t-
maydi,  flyuktuatsiya  simptomi 
aniqlanadi.
 
2-rasm. O‘ng tepa suyagi usti 
kefalogematomasi. 


 
88 
Agar qonning miqdori ko‘p bo‘lsa, bolaning ahvoli o‘zgaradi, 
chunki  quyilgan  qon  suyak  pardasini  suyakdan  ko‘chirishi  va 
ma’lum  darajada  qisilish  paydo  bo‘lishi  natijasida  bola  og‘riq 
sezadi. Shuning uchun bolada sababsiz yig‘lash, uyquning yuza 
bo‘lishi  kuzatiladi,  g‘urra  sohasiga  teginish  esa  bolaning 
bezovtalanishiga olib keladi.
 
Chaqaloqda  kefalogematomaning  paydo  bo‘lishi  kalla  ichi 
jarohatining  ham  borligi  haqida  xavotirlik  tug‘ilishiga  olib 
keluvchi patologik holat hisoblanadi.
 
Kefalogematomasi  bor  chaqaloqlar  maxsus  nazorat  ostida 
saqlanishi  va  tug‘ilishi  bilanoq  ularning  boshiga  muz  xaltalar 
qo‘yilishi,  iloji  boricha  ko‘p  urintirishdan  saqlanishi, 
yotqizilganda  g‘urrani  yuqoriga  qaratib  va  boshini  balandroq 
qo‘yilgan holatda saqlash talab etiladi. Bolaga tinchlantiruvchi, 
qon  oqishini  to‘xtatuvchi  vositalar  (vikasol,  askorbin  kislota, 
aminokapron  kislota  va  boshqalar)  shifokor  ko‘rsatmasiga 
binoan yuboriladi.
 
Kefalogematomada to‘g‘ri davolash va parvarish olib borilsa, 
quyilgan  qon  taxminan  3-4  kunda,  kechi  bilan  ikkinchi 
haftaning oxirlariga kelib batamom so‘rilib ketadi.
 
Quyilgan  qonning  miqdori  kam  va  so‘rilib  ketish  ehtimoli 
bo‘lsa, shpris yordamida so‘rib tashlashga urinmang.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish