M. F. Ziyayeva, O. Z. Rizayeva


Chaqaloqlik davri kasalliklarining asosiy sabablari va turlari



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/443
Sana09.12.2021
Hajmi3,98 Mb.
#190627
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   443
Bog'liq
bolalarda hamshiralik parvarishi

Chaqaloqlik davri kasalliklarining asosiy sabablari va turlari
 
Chaqaloqlik  davri  kasalliklarining  sabablarini  ta’sir  etish 
vaqtiga qarab uch guruhga ajratish mumkin:
 
1. Antenatal — homiladorlik davri sabablari;
 
2. Intranatal — tug‘ish va uning atrofidagi sabablar;
 
3.  Postnatal  —  bevosita  tug‘uruqdan  keyingi  davrdagi 
sabablar.
 
Chaqaloqning  homiladorlik  davrida  kasallikka  chalinishiga 
olib  keluvchi  sabablar  ham  o‘z  navbatida  ikkiga  bo‘linadi: 
homiladorlikning  dastlabki  uch  oyida  ta’sir  etuvchi  va  undan 
keyin ta’sir etuvchi sabablar.
 
Homiladorlikning  dastlabki  3  oyida  ta’sir  etuvchi  sabablar 
(turli  jismoniy  va  ruhiy  travma  (jarohat)lar,  stress  (zarba)lar, 
o‘tkir  yuqumli  virusli  kasalliklar  bilan  og‘rib  o‘tish,  homilaga 
ta’sir etuvchi dori vositalarini shifokor ko‘rsatmalarisiz iste’mol 
qilish,  spirtli  ichimliklar  ichish,  chekish  va  boshqalar)  bolada 
turli xil tug‘ma nuqsonlar paydo bo‘lishiga olib keladi (chunki 
bu davrda bolaning ichki a’zo va tizimlari shakllanayotgan bo‘ 
ladi).
 
Homiladorlikning  keyingi  davrida  ta’sir  etuvchi  sabablar 
yuqoridagilar  va  boshqa  turli  xil  somatik  kasalliklar,  yuqumli 
kasalliklar  (ayniqsa,  zaxm,  sil,  virusli  gepatit  va  boshqalar) 
bevosita  yo‘ldoshning  barer  (himoya)  xususiyatlari  susayishi 


 
83 
natijasida bolaga o‘tishi va bola tug‘ilganida shu kasalliklarning 
klinik belgilari bilan tug‘ilishi mumkin.
 
Intranatal davr sabablariga bevosita tug‘uruq jarayonini olib 
borishdagi  turli  nuqsonlar  (bola  o‘lchovlari  va  tug‘uruq 
yo‘llarining  bir-biriga  to‘g‘ri  kelmay  qolishi,  turli  xildagi 
tug‘uruq  asboblaridan  foydalanish  hollari,  kindikning  bola 
bo‘yniga  o‘ralib  qolishi  yoki  qisilib  qolishi,  ayolda  tug‘uruq 
kuchlarining  susayib  qolishi,  bolaning  noto‘g‘ri  kelib  qolish 
hollari, uyda va yo‘lda tug‘ilish va boshqalar) hamda aseptika 
va antiseptika qoidalarining buzilish hollari, parvarishdagi turli 
nuqsonlarni keltirish mumkin.
 
Postnatal davr sabablari esa tug‘uruqni qabul qilib bo‘lgan-
dan keyingi davrdagi turli xil salbiy ta’sirlarni o‘z ichiga oladi 
(asosan,  bolani  noto‘g‘ri  parvarish  qilish,  noto‘g‘ri  ovqatlan-
tirish, onadagi turli yuqumli kasalliklar va boshqalar).
 
Sabablardan  kelib  chiqqan  holda  chaqaloqlik  davrida 
uchraydigan  kasalliklar  ham  shartli  ravishda  turli  guruhlarga 
ajratilishi mumkin:
 
1.  Tug‘ma  nuqsonlar  - 
«quyon  labi»,  «yuqori  tanglayning 
bitmay  qolishi
»,  turli  xildagi  yurak  nuqsonlari,  me’da-ichak 
yo‘lidagi turli nuqsonlar va boshqalar.
 
2.  Chaqaloqning  nafas  faoliyati  buzilishi  bilan  kechuvchi 
patologik  holatlar  -  asfiksiya,  nafas  faoliyati  buzilishlari  sind-
romi.
 
3. Tug‘uruqqa aloqador travma (jarohat)lar - tug‘uruq shishi, 
boshdagi  qonli  shish  (kefalogematoma),  turli  suyaklar 
sinishi(o‘mrov, son va boldir suyagi va boshqalar), falajlar (yuz, 
qo‘l  va  oyoq  asab  tolalarining  falaji),  og‘ir  kechgan  tug‘uruq 
vaqtida muskullarning uzilib ketish hollari va boshqalar.
 
4.  Chaqaloqlardagi  teri  va  kindikning  yiringli  kasalliklari 
vezikulopustulyoz,  chaqaloqlar  chilla  yarasi,  issiqlik  toshishi, 
teri bichilishi, omfalit va chaqaloqlar sepsisi.
 
5.  Chaqaloq  va  ona  qonining  kelishmovchiligiga  aloqador 
kasalliklar - chaqaloqlarning gemolitik kasalligi.
 
Quyida ana shu kasalliklardan asosiylari haqida ma’lumotlar 
keltiriladi.
 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   443




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish