6. Fiziologik mastit – ba’zi chaqaloqlarning jinsidan qat’i
nazar, sut bezlarining bo‘rtib turishi bo‘lib, ona qornida
rivojlanish davrida bolaga onaning estrogen gormonlarining
ortiqcha o‘tishi bilan xarakterlanadi. Fiziologik mastit odatda ikki
tomonlama bo‘lib, 3-4-kunlarda paydo bo‘ladi, 8-10-kunlarga
kelib maksimal kattalikka yetadi (olxo‘ri kattaligigacha). Ba’zida
siqib ko‘rilganda quyuq sut ajralishi ham mumkin. Sut bezlari
osongina shikastlanishi, infeksiyalanishi va yiringlanishi xavfi
kuchliligidan, ularni ortiqcha ta’sirlardan asrash kerak. Ayrim
hollarda yo‘rgaklashdan oldin sut bezlari ustiga steril paxta
qo‘yish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |