3. Burun uchi va qanotlari atrofida teri yuzasidan jindek
ko‘tarilib turadigan sarg‘ish-oq nuqtalar kuzatilishi — ona
qornida rivojlanishning oxirgi oylarida yog‘ bezlarining zo‘r
berib ishlashi natijasi bo‘lib, birinchi haftaning oxiri yoki
ikkinchi haftaning boshlarida yo‘qolib ketadi.
4. Chaqaloqlar eritemasi yoki fiziologik teri katari — atrof-
muhitning yangi sharotlaridan terining ta’sirlanishi natijasida
kelib chiqadi va bunda bolaning terisi juda qizarib ketadi
(giperemiya), ba’zida esa ko‘kimtirroq bo‘lib turadi. Bunday
holat bir necha soatdan 2-3 kungacha saqlanib turadi va keyin
mayda-mayda po‘st tashlash sifatida (ayniqsa qo‘l kaftlari va
oyoq panjalarida) yo‘qolib boradi. Shu vaqtda teriga steril moy
surtib turish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |