Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
Yunon tragediyasining kelib chiqishi tragediya va komediya so'zlari orqali ham 
oydinlashadi. Tragediya so'zi ikki yunon so'zidan tarkib topgan: tragos — «echki» 
va ode — «qo'shiq», ya'ni «echki qo'shig'i» demakdir. Bu tushuncha yana bir bor 
Dionisning  yo'ldosh  va  hamrohlari  —  satirlar  echki  tuyoqli  maxluqlar  taxlitida 
tasavvur  etilganligini  ko'rsatadi.  Komediya  so'zi  komos  va  ode  so'zlaridan  kelib 
chiqqan. «Komos» — bu Dionis sha'niga atalgan qishloq bayramlarida masxaraboz 
va  qiziqchilarning  shirakayf  bo'lib,  bir-biridan  kulib,  qo'shiqlar  aytib  namoyish 
qilib  yurishlarini  anglatgan.  Demak,  komediya  so'zi  «komos  qo'shig'i»  degan 
ma'noni anglatadi. 
Yunon  tragediyasi,  odatga  ko'ra,  har  bir  yunonga  yaxshi  tanish  bo'lgan 
mifologiya  sujetlariga  asoslangan.  Shu  bois  tomoshabinni  voqeaning  o'zi  emas, 
balki  muallifning  ma'lum  rivoyatni  qanday  talqin  etganligi,  qanday  ijtimoiy  va 
axloqiy  muammolarni  olg'a  surganligi  qiziqtirgan.  Dramaturg  rivoyat  bahonasida 
zamonaviy siyosiy hayot masalalarini olg'a surishi va o'zining axloqiy, falsafiy va 
diniy qarashlarini yaratishi lozim edi. 
Miloddan avvalgi V asrda yuzaga kelgan attika komediyasi o'z mohiyatiga ko'ra 
siyosiy  komediya  bo'lgan.  Unda  hamma  vaqt  siyosiy  tuzum  va  Afina  davlatining 
tashqi  siyosati,  yoshlarni  tarbiyalash,  adabiy  kurash  kabi  masalalar  olg'a  surib 
kelingan. 
Qadimgi  attika  komediyasining  dolzarbligi  unda  ayrim  fuqarolarning  asl 
nomlarini  ko'rsatib,  ularni  masxaralash  mumkinligida  edi.  Bunga  Aristofan 
asarlarida  shoirlardan  Esxil,  Sofokl,  Yevripid,  Agafon,  Afina  demokratiyasining 
dohiysi  Kleon, faylasuf  Sokrat  (Suqrot)  kabilarning  nomlari  ko'rsatilganligi  misol 
bo'la  oladi.  Shu  bilan  birga,  qadimgi  attika  komediyasida  alohida-alohida  o'ziga 
xos  obrazlar  emas,  balki  xalq  masxarabozlik  teatri  obrazlariga  hamohang  tarzda 
umumlashgan obrazlar yaratilgan. 
Qadimgi  yunon  teatr  san'atining  eng  jo'shqin,  shukuhli  davrini  miloddan 
avvalgi  V  asrda  yashab  o'tgan  Esxil,  Sofokl,  Yevripiddan  iborat  uch  ulug' 
fojianavis  va  faoliyati  mil. av. IV  asr  bilan  ham  tutashib  ketuvchi komediyanavis 
Aristofan belgilab berganlar. 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish