Мавзу: “Teatr tarixi” kursiga kirish



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/151
Sana09.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#190583
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151
Bog'liq
teatr tarixi

 
245 
nemis teatri oldidagi tarixiy xizmati Shekspir asarlarini sahnaga qo'yish va ularda 
o'zi  bosh  rollarni  ijro  etishda  ko'rindi.  Uning  bu  boradagi  faoliyati  «Hamlet» 
asarini  qo'yishdan  boshlandi.  Spektakl  premyerasi  1776-yil  20-sentabrda  katta 
muvaffaqiyat  bilan  o'tadi.  Shundan  so'ng  «Otello»,  «Venetsiya  savdogari»,  «Har 
narsaning  me'yori  yaxshi»,  «Qirol  Lir»,  «Richard  III»,  «Genrix  IV»  «Makbet» 
asarlari qo'yiladi. Shryoder Hamletning ichki dard-alam va ruhiy iztiroblarini butun 
murakkabligi  bilan  ifoda  etib  bergan  edi.  Shryoderning  yana  bir  eng  e'tiborli  roli 
— «Lir» edi. «Uning o'tli qarashlari, - deb yozgan edi zamondoshlaridan biri,  — 
og'riqli  qalb  jazavasi  birgina  sahna  davomida  obrazni  tubdan  o'zgartirib  yubordi. 
Uning  ko'zlaridan  chaqmoq  otilgandek,  yuzi  qizarib  ko'pchib  ketgandek  bo'ladi. 
Gavdasining  har  bir  qismi  jarohat  olgan  misol  titraydi,  lablari  qaltiraydi,  qo'llari 
ko'kka  ko'tariladi,  momaqaldiroq  gumburidan  uzilib  tushgandek  dahshatli  ovozda 
nasl-nasabiga  tavqi  la'nat  toshlarini  otadiki,  tomoshabinni  ham  titroq  qoplab 
oladi». Bu shunday dahshatli qarg'ish ediki, Gonerilya rolini ijro etuvchi aktrisa bu 
qarg'ishning  bolalariga  tegishidan  cho'chib,  Shryoder  bilan  chiqishdan  bosh 
tortgan. 
Shryoder  ham  Garrik  singari  ma'rifatparvarlik  realizmiga  suyanib  ish  ko'rgan. 
«Ham  his-tuyg'u  va  aql-idrok  uyg'uriligi»  uchun  kurashdi  va  o'z  shijoatini 
mohirona  tarzda  boshqara  bildi.  U  har  bir  rolning  ayricha,  o'ziga  xos  qiyofada 
ajralib  turishiga  alohida  e'tibor  berar  edi.  «Men  har  bir  rolning  o'ziga  yarashiq 
ifodasini  topishga  urinaman.  Natijada,  rol  boshqacha  emas,  aynan  o'z  turqi  va 
qiyofasini  topadi»,  der  edi  u.  Shryoder  o'z  ijodi  bilan  Germaniyada 
ma'rifatparvarlik  realizmi  rivojining  eng  yuqori  cho'qqisini  belgilab  berdi.  Uni 
«nemis  Garriki»  deb  atasa  ham  bo'lardi,  lekin  u  nemis  Shryoderi  edi;  uning 
shuhrati o'ziga yetib ortardi. 
1780-yillarda  Germaniyada  klassitsizm  uslubi  kuchayadi.  Shu  yo'nalishga 
asoslangan  Gyote  boshliq  Veymar  teatri  nemis  sahna  san'ati  rivojida  katta 
ahamiyatga ega bo'ldi. Ulkan san'atkor bo'lganligidan Gyote fransuz klassitsizmiga 
mutelarcha  taqlidchi  bo'lib  qolmadi.  Aslini  olganda,  u  klassitsizm  uslubiga 
moslangan  ma'rifatparvarlik  realizmi  yo'nalishida  ish  ko'rgan  edi.  Gyote  bir  xil 



Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish