245
Lope de Vega ispan teatri erishgan tajribalardan foydalanib, shunday ijodiy
parvoz etdiki, natijada, yuksak shoirona ruh bilan yo'g'rilgan va insonparvarlik
g'oyalariga limmo-lim milliy dramaturgiya dunyoga keldi. U dramaturgiyada
tarqalgan qahramonlik ruhidagi voqeani chuchmal oldi-qochdilardan xoli etdi,
maishiy mavzuni she'riyat darajasiga ko'tardi. Uning komediyalaridagi voqea
tizimida serhashamlik ko'zga tashlansa-da, lekin u insoniy kechinmalarning
mantiqiy tabiiyligidan ichki mantiq doirasida rivojlanib boradi. Lope de Vega o'z
pyesalarini shoir sifatida tasnif etdi, bu esa fojia va komediyani o'zaro qarama-
qarshi qo'yishdek odatga, barham berdi. Uning fikricha, sahnada aks etgan inson
hayoti yangi tus-tarovat kasb etishi kerak; u asl hayotiy ma'nosini yo'qotmay,
ko'tarinki, shoirona shukuh manbayiga aylanishi lozim. Shunda u dag'al, ko'rimsiz
voqealikning surati emas, kishilarning chin orzu-umidlari ifodasiga aylanadi.
Lope de Vega pyesalari orasida yetakchi o'rinni egallagan asarlar dehqonlar
haqidagi asarlardir. Ularda dramaturg dehqonlar hayoti misolida umumxalq
muammolarini olg'a surgan. «Fuyente Ovexuna» («Qo'zibuloq», 1609—1613)
dramasida dehqonlarning or-nomus yo’lidagi kurashi ularning o'z haq-huquqlarini
himoya qilish yo'lidagi kurashlari bilan uyg'un tarzda ifoda etilgan.
Lope de Vega «Fuyente Ovexuna» asarida kishilarning insoniy oliyjanob
ezguligi va xalqning o'z huquqini anglashi or-nomus tushunchasi bilan bevosita
bog'liq'ekanini ifoda etdi. Laurensiyaning o'z qizlik nomusini saqlab qolish uchun
olib borgan kurashi butun xalqning yovuzlikka qarshi kurashiga aylanib ketadi.
«Qo'zibuloq» asari o'zining yozilish uslubi, tub mohiyatiga ko'ra, qahramonlik
dramasidir. Ommaviy sahnalarning serobligi uni xalq dramasiga yaqinlashtiradi.
Qahramon tanining jonli va jo'shqinligi hamda yorqin xalq turmushi lavhalari
pyesaga goh serzavq mutoyiba, goh mayin lirik ohanglarni baxsh etib turadi.
Odamlarning o'zaro tengligi g'oyasi sevgi borasida «It yemas, otga bermas»
komediyasida butun borlig'i bilan namoyon bo'lgan. Komediya qahramoni grafinya
Diana quyi tabaqadan chiqqan o'z kotibi Teodoroga ishqi tushib qoladi. Zodagon
qizning xizmatkor bilan nikohga kirishi aqlga sig'mas bir ho'disa. Qizning
aslzodalarcha mag'rurligi har o'rinda uning o'tli tuyg'ulariga zid kelaveradi. Sevgi
Do'stlaringiz bilan baham: |