Fransuz teatri. JAN POL SARTR (1905-1985-y.). Jan Pol Sartr yirik nasr
ustasi va ekzistensializm falsafa maktabining nufuzli rahbari sifatida tanilgandan
so'ng dramaturgiyaga kirib keldi. Ijodiyotda u ma'lum ma'noda o'z falsafiy
qarashlarini ifoda etdi. Tarixiy sababiyat inkor etiluvchi bu falsafiy maktabda
asosan axloqiy muammolar idrok etiladi: foniy dunyoning o'tkinchiligi, olamda
yuz beruvchi har bir narsaning insonga bog'liqligi va uning alohida mas'ulligi bu
falsafa tizimining asosiy muammolaridan hisoblanadi.
Sartr «Bibliya»dan olingan birinchi pyesasini 1940-yili qamoqxonada yozdi
va shu bo'yi teatrning targ'ibot minbariga aylanishini ko'zlab, «Pashshalar» (1942)
asarida qarshihk harakati g'oyalaririi ifoda etishga harakat qildi. Asarni Snarl
Dyullen sahnaga qo'ydi va chindanda, bu pyesa urush yillari da'vatnomaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |