Oziqalarning kimyoviy tarkibi.
Turli turdagi hayvonlar har xil oziqalarni iste‟mol qiladilar, ular asosan
o„simlik va hayvonot dunyosidan olinadi.
Oziqalar tarkibida ko„plab elementlar uchraydi, ularning asosiylari bo„lib
uglerod, vodorod, kislorod va azot hisoblanadi. O‟simliklar quruq moddasining
45% uglerod, 42% kislorod, 6,5% suv, 1,5% azot va 5% mineral moddalardan
tashkil topgan. Hayvon tanasi esa 63% uglerod, 14% kislorod, 9,5% vodorod, 5%
azot va 8,5 % mineral moddalardan iborat.
XIX asr 60 yillarida barcha oziqalar kimyoviy tarkibi aniqlangan bo„lib,
keyinchalik vitaminlar aniqlangan. Oziqa tarkibiga kiruvchi xom protein, xom
yog„, xom kletchatka, azotsiz ekstrativ moddalar tarkibi to„liq tahlil qilingan.
2.1.1.Jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |