O’UM2020-Biznes rejalashtirish O. A. Amanov O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/289
Sana29.09.2021
Hajmi1,95 Mb.
#188667
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   289
Bog'liq
biznes rejalashtirish

Muallif - O.A.Amanov 
 
chiqarishni  kengaytirish,  ularni  tanqisligini  kamaytirish  asosida  aholining  moddiy 
faravonligini oshirishdan iboratdir. 
Korxona barpo etish xujjatlaridan biri uni ta’sis etish shartnomasi hisoblanadi. 
Bu  hujjat  o’z  mazmunidan  kelib  kelib  chiqib,  keljakda  korxonani  tashkil 
etuvchilarning  o’zaro  munosbatlarining  qoidalarini  belgilaydi.  Ta’sis  etish 
shartnomasida  korxonaning  tashkiliy-huquqiy  shakli,  turi,  faoliyat  turi,  maqsad  va 
vazifalari,  joylashish  va  huquqiy  adresi,  ustav  kapitali  hajmi  va  unda  ta’sischilar 
hissasi, qatnashuvchilarning o’z hissasini boshqalarga berish sharti, uning boshqaruv 
va  nazorat  organlari,  foydani  taqsimlash  usul  va  tartiblari,  ta’sischilarning  huquq  va 
burchlari,  ta’sischilar  to’g’risidagi  ma’lumotlar  va  boshqa  masalalarni  hal  qilish 
tartiblarini belgilaydi. 
Ta’sischilar korxona ustavini ishlab chiqadi. Korxonaning ustavi rasmiy hujjat 
hisoblanadi.  Chunki  ustavda  korxona  bilan  davlat  o’rtasidagi  ijtimoiy,  moliyaviy  va 
huquqiy  munosabatlarni  tartibga  solish  qoidalari  o’z  aksini  topadi.  Ustav  qonunlar, 
qoidalar va nizomlarga asoslangan holda tuziladi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchilar 
tasdiqlaydi. 
Korxona  o’zi  joylashgan  yerdagi  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  idoralari 
tomonidan 
davlat 
ro’yxaatidan 
o’tkaziladi. 
Korxona 
davlat 
ro’yxatidan 
o’tkazilganligi  to’g’risidagi  ma’lumotlar  o’n  kun  muddat  ichida  yagona  davlat 
reestiriga kiritish uchun O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligiga yuboriladi. 
Korxona  davlat  ro’yxatidan  o’tish  uchun  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv 
idorasiga  yuqorida  keltirilgan  korxonani  barpo  etish  to’g’risidagi  hujjatlarni  (ariza, 
ta’sis  etish  shartnomasi,  ustavi,  biznes  rejasi  va  boshqalarni)  taqdim  etadi.  Mahalliy 
hokimiyat  va  boshqaruv  idorasi  ariza  topshirilgan  paytdan  30  kun  muddat  ichida 
korxonani  ro’yxatdan  o’tganligi  yoki  o’tmaganligi  to’g’risida  qaror  qabul  qilishi 
shart. 
Korxona  davlat  ro’yxatidan  o’tgan  kundan  boshlab,  barpo  etilgan  deb 
hisoblanadi  va  huquqiy  shaxs  maqomini  oladi.  Ushbu  kundan  boshlab,  korxona 
xo’jalik faoliyatini yuritishni boshlashi mumkin bo’ladi. 
Korxonalar  amaldagi  qonunlar  tartibiga  binoan,  o’z  tarkibida  huquqiy  shaxs 
maqomiga  ega  bo’lgan  shu’ba  korxonalar,  filiallar,  vakolatxonalar,  bo’limlarni 
mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  idoralari  bilan  kelishilgan  holda  tashkil  qilish  va 
ularni nizomlarini tasdiqlash huquqiga ega. 
Korxonaning  yashash  faoliyati  bir  qancha  sikllardan  iborat  bo’lib,  u  quyidagi 
bosqichlarni  o’z  ichiga  oladi:  korxonani  tashkil  qilish;  reorganizatsiya; 
restruktrizatsiya;  sanatsiya;  bankrotlik  va  tugatish.  Bu  bosqichlar  hamma 
korxonalarga tegishli degan  xulosa chiqarish kerak emas. Chunki bular  korxonaning 
faoliyati  natijasiga qarab amalga  oshiriladi.Bu jarayonlarni  vujudga kelishi aksariyat 
holda korxonaning moliyaviy barqarorligiga bog’liq.Shu sababli korxonani moliyaviy 
barqarorligini ta’minlash ahamiyatini yoritish uchun yuqorida keltirilgan korxonaning 
yashash sikllarini mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tmoqchimiz. 
Birinchi  bosqich  –  korxonani  tashkil  qilish  va  faoliyatini  tiklash.  Korxonani 
tashkil etish qoidalari ushbu bobning birinchi paragrafida keltirilgan. Ushbu qoidada 
korxonani tashkil etilishining asosi bo’lib, uni ta’sis etuvchilarning mol-mulki yotadi. 



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish