9-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi man-
sabdor shaxslar
Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining, Qora-
qalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar,
shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular o‘rinbosarlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar
vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmatining, “O‘zbekiston temir yo‘llari”
aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning zimmasiga
yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |