7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat
dasturlarini amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy
dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy bo‘linma-
larining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi
faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
hududlarning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilashga va
tozaligini saqlashga, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish-
ga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.