F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


SEOA radiatsion gigiyena bo‘limi ishining mohiyati



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

SEOA radiatsion gigiyena bo‘limi ishining mohiyati 
 
Aholining radiatsion xavfsizligini ta’minlashning muhim elementi 
sanitar-dozimetrik nazorati bo‘lib, uning asosiy vazifasi radiatsion 
gigiyena sohasidagi qonunchilik talablari va yo‘llanma beruvchi uslubiy 
hujjatlar talablari  bajarilishini nazorat qilishdir.  


22 
 
Sanitar-dozimetrik nazorat o‘tkazilishi  SEOA  (Respublika,  O‘zbe-
kiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar)dagi radiologiya bo‘limlari-
ga yuklatiladi. 
Radiologik bo‘lim  SEOA  ning tuzilmaviy bo‘linmasi bo‘lib,  radi-
ologik bo‘lim  rahbari —  radiatsion gigiyena bo‘yicha mutaxassis to-
monidan boshqariladi  va  SEOA bosh shifokoriga bo‘ysunadi.  
Sanitariya va texnika talablariga muvofiq, radiologik bo‘lim binosi 
sanitariya, fizika va laboratoriya bo‘linmalarining joylashtirilishini 
ta’minlashi lozim. Bo‘lim rahbarining xonasi alohida bo‘lishi shart.  
  
Radiologiya bo‘limi asbob-uskunalarining soni va holati hamda 
tashqi muhit obyektlari namunalarining laboratoriya nazoratida qo‘l-
laniladigan usullar to‘plami nazorat qilinuvchi hududdagi radiatsion 
omilning operativ, uslubiy to‘g‘ri va ishonchli obyektiv tekshirilishini 
ta’minlashi zarur. 
SEOA  radiatsion gigiyena bo‘limining ishi tarkibi “O‘zbekiston 
Respublikasi  SEOA radiologiya bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom” bilan bel-
gilanadi.  
Radiatsion gigiyena bo‘yicha ishlar quyidagi asosiy yo‘nalishlar 
bo‘yicha olib boriladi: 
1. Tabiiy va sun’iy radioaktiv moddalar va boshqa ionlantiruvchi 
nurlanish manbalarini ishlab chiqarish, ishlov berish, qo‘llash, saqlash 
va tashishdagi radiatsion xavfsizlikning amaldagi sanitariya qoidalari va 
me’yorlariga rioya etilishi yuzasidan davlat sanitariya nazorati, xodimlar 
va aholi oladigan nurlanish dozalarini gigiyenik baholash. 
2. Nazorat qilinuvchi hududdagi tashqi muhit obyektlarining tabiiy 
radioaktivligi va global yadroviy yog‘inlar holati ustidan nazorat qilish, 
insonni nurlantiruvchi  ushbu manbalardan aholiga tushadigan dozali 
yuklamalarni gigiyenik baholash. 
3. Radiatsion gigiyena bo‘yicha sanitar-oqartuv ishlarni olib borish.  
4. Tizimi bo‘yicha ishlarda ishtirok etish. 
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ogohlantiruvchi va joriy 
sanitariya nazoratidan tashkil topib, ularning mazmuni quyidagi maxsus 
qismlarda ko‘rib  o‘tiladi. Bundan tashqari, ba’zi masalalar bo‘limning 
tashkiliy-uslubiy qismiga kiradi, chunki rejalashtirish, qayd etish va 
hisobot berishning muhim qismi hisoblanadi. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish