F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Turar joy binolari uchun suv sarfi me’yorlari quyidagicha



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Turar joy binolari uchun suv sarfi me’yorlari quyidagicha 
 
Suv iste’molchilari 
1 odam uchun 1 kunlik 
suv iste’moli 
me’yorlari, litrda 
1.Vodoprovod va kanalizatsiyasi bor, lekin vanna-
xonasi bo‘lmagan turar joy binosi  
95 
 
2.Shunga qo‘shimcha ravishda gaz bilan suv isitish    
 moslamasi bor bo‘lgan binolar                                                     
150 
3.Sovuq  va issiq  suvga ega bo‘lgan va dush 
moslamasi bor bo‘lgan turar joy binolari 
195 
4.Sovuq va issiq suv tarmog‘i, dush va vannalari bor 
bo‘lgan turar joy binolari 
250 
5.Komfortliligi yaxshilangan sinfga mansub turar joy 
binolari va kvartiralar 
360 
6.Yuqori sinfdagi komfortli sharoitga ega bo‘lgan 
binolar va kvartiralar 
450 
 
 
Umumiy profilga ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalarida 
bir kecha-kunduz davomida 1 ta koyka uchun suv sarfi 115-200 litrni 
tashkil etsa, yuqumli kasalliklar shifoxonasi uchun kuniga 240l
poliklinika va ambulatoriyalarda bitta smenada bir bemor uchun 13l  ni 
tashkil etadi. Ilgarigi suv iste’moli me’yorlariga nisbatan ko‘rsatilgan bu 
suv sarfi me’yorlari ancha kam berilgan bo‘lib, chuchuk suv man-
balarining  respublikamiz hududida cheklanganligi bilan bog‘liq.  
Aholi yashash punktlarining suv ta’minoti bo‘yicha Davlat Das-
turini bajarish suv ta’minotlari uchun suv manbalarini to‘g‘ri tanlashni 
talab etadi. Bu sohada tibbiy xizmat xodimlarining tutgan o‘rni juda 
yuqori  hisoblanadi, chunki suv manbaini tanlashdagi asosiy mezon 
uning gigiyenik talablarga muvofiq kelishi hisoblanadi. 
 
O‘zR  hududidagi barcha aholini suv bilan ta’minlovchi va bu 
yo‘nalishda foydalanilayotgan va potensial  yaroqli manbalar shartli 
ravishda 2 guruhga bo‘linadi: yer osti va ochiq suv havzalari. 


159 
 
 
 
4.1.-rasm. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi  suv manbalari 
 
         O‘zR-si hududidagi yer osti suvlarining taxminiy  zaxirasi yiliga  
18 km
3
 ga yaqin deb hisoblanadi, shu kungacha aniqlangan suv zaxirasi 
esa yiliga 7 km
3
  ga tengdir. Yer osti suvlari har xil chuqurliklarda joy-
lashgan, shuning uchun ularning quyidagi turlari mavjud: 
-  Yuzaki suvlar –  joylashgan chuqurligi 0,5-1 metrgacha. Bu man-
balar yer sathiga yaqin joylashgan suv o‘tkazmaydigan qatlam  ustida 
bo‘lib, atmosfera yog‘inlari hisobiga hosil bo‘ladi. Bunday suv tarkibida 
tuproqdan yuvilib o‘tgan iflosliklar (mikroorganizmlar, kimyoviy 
moddalar) bo‘ladi, shuning uchun gigiyenik nuqtai-nazardan yuzaki 
suvlar xo‘jalik-ichimlik ta’minoti uchun foydalanishga yaroqsiz hisob-
lanadi. Bunday suvlar Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‘iston viloyatlarida 
uchrashi mumkin. Bu tumanlardagi aholi o‘rtasida muntazam ravishda 
hattoki juda tiniq bo‘lsa ham ichish uchun yaroqsiz ekanligi haqida 
tushuntirish ishlarini olib borishni toqazo etadi. 
 -  Sizot suvlar  –  yer ostidagi bir necha gorizont (qavatlar)da joy-
lashishi mumkin, ularning chuqurligi esa 5-30  m ni tashkil qiladi. Bu 
manbalar ham atmosfera yog‘inlari hisobiga hosil bo‘ladi, biroq qalin 


160 
 
yer qatlami orqali sizilib  o‘tishi jarayonida iflosliklardan tozalanadi, 
shuning uchun undan maqsadli tarzda foydalanilganda mahalliy suv 
ta’minoti uchun yaroqli hisoblanadi. Ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun 
albatta quduq qazilishi kerak, quduq atrofida esa sanitariya himoya 
zonasi, quduq tepasida ifloslanishdan saqlash uchun soyaboni bo‘lishi 
kerak. Sanitariya himoya zonasini o‘z ichiga olgan bo‘lsin. 
-  Artezian suvlari. Bunday suvlar ikki turda bo‘ladi  -  bosimli va 
bosimsiz artezian suvlari. Artezian suvlari tog‘lardagi abadiy muzliklar 
va qorliklardan erigan suv hisobiga hosil bo‘lib, yer osti bo‘ylab bir 
necha o‘n va yuz kilometrlargacha cho‘zilishi mumkin. Artezian suvlari 
katta chuqurliklarda to‘planadi (50-60 m dan bir necha yuz metrgacha). 
Bu suv manbalari o‘zidan suv o‘tkazmaydigan yer qatlamlari ustida 
joylashgan bo‘lsa bosimsiz, ikkita qatlam o‘rtasida joylashgan bo‘lsa 
bosimli suv manbai bo‘lib qoladi. 
O‘zRsi hududidagi artezian suvlari asosan tog‘lardagi muzlik va 
qorliklarning erishidan hosil bo‘lgan suvlar hisobiga bo‘lib, ularning 
zaxiralari tekisliklarda joylashgan. Artezian suvlarining sanitar nuqtai-
nazardan ustunligi juda kattadir,  bu suvlar juda kam holatlarda uning 
sifatini yaxshilash lozimligini talab etadi, nisbatan barqaror kimyoviy 
tarkibga ega, bakterial tarkibi bo‘yicha esa tabiiy toza va yuqori daraja-
dagi tiniqlikka egadir. Bunday suvlar rangsiz, ta’mi esa juda yoqimli. 
Bitta yer osti gorizontida joylashgan suvning kimyoviy tarkibi doimiy  
va agar tarkibi o‘zgarishga uchragan bo‘lsa, sanitar nuqtai-nazardan 
talabga javob bermaydi. Iflosliklar yuqori yer qatlamlarida joylashgan 
ifloslangan suvlardan o‘tgan bo‘lishi mumkin, bu qatlamga esa quduq 
atrofidagi iflosliklarning so‘rilishi oqibatida uning tarkibi o‘zgarishi 
mumkin. 
Artezian suvlari unchalik katta bo‘lmagan suv tarqatish tarmoqlari 
uchun bemalol foydalanilishi mumkin, masalan, kasalxonalarning suv 
ta’minotini ta’minlash maqsadida ishlatilishi mumkin. 
 Agar tog‘  jinslarida yorilish yoki tirqishlar hosil bo‘lgan bo‘lsa, u 
holda muzlik va qorliklardan erigan suvlar ana shu yoriqlar va tirqishlar 
orqali tog‘ buloqlarini hosil qilishi mumkin va bu manbalardagi suvdan 
tog‘li sharoitda yashovchi aholi bemalol foydalana oladi. Bunday buloq 
suvlaridan quvvati unchalik katta bo‘lmagan suv tarqatish tarmog‘i 
(kichik vodoprovod) uchun foydalansa bo‘ladi. Buloq suvlari qoida 
bo‘yicha yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga egadir va undan foydalanganda 


161 
 
ularga qo‘yiladigan asosiy talablar buloq suvlarining yuzaga chiqadigan 
joylarini ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘ladi. 
Infiltratsiyalanuvchi qirg‘oq quduqlarining suvlari. Bunday man-
balar oqar daryolar va boshqa turdagi manbalardagi suvning tuproq 
qatlami orqali sizilib o‘tishi tufayli hosil bo‘ladi. Bunday quduqlardagi 
suvning gigiyenik xossalari talabga javob berarli darajada bo‘ladi, ammo 
undan foydalanishdan ilgari manbadagi suvning sifatini laboratoriya 
tekshirishlaridan  o‘tkazish lozim va kerak bo‘lganda bunday suvlarga 
qo‘shimcha tarzda sanitar ishlovini berish talab etiladi. 
Katta quvvatga ega bo‘lgan  suv tarqatish tarmog‘ini ta’minlovchi 
suv manbalari asosan ochiq suv manbalari hisobiga amalga oshiriladi: 
daryo, ko‘l, suv omborlari, kanal suvlari. Bunday suv manbalari o‘zining 
tabiiy xususiyatlariga ko‘ra (erigan qor, yomg‘ir, toshqin suvlari bo‘lishi 
mumkin) tarkibi doimiy emasligi bilan farqlanadi. Bundan tashqari, 
ochiq suv manbalari uchun uning antropogen ifloslanishi katta 
ahamiyatga egadir. 
Bizning respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundan 
iboratki, suv ta’minoti manbalari sifatida katta miqdordagi suv om-
borlaridan  foydalanish hisoblanadi. Bunday suv manbalarining eng 
yiriklari qatoriga  –  Farhod, Chorvoq, Tuya-bo‘g‘iz, Katta Qo‘rg‘on, 
Quyi-Mozor suv omborlarini kiritish mumkin. Respublikamizda bor 
bo‘lgan suv omborlarini 2 guruhga bo‘lib ta’riflash maqsadga muvofiq-
dir: 
  1- o‘zanli (oqar) suv manbalari – misol tariqasida Chorvoq, Tuya-
Bo‘g‘iz va 2-quyiluvchi (oqmaydigan) suv omborlari -  Amu-Daryo 
qirg‘oqlaridagi qurilgan suv omborlarining kaskadi.  Suv omborlarining 
nomuvofiq tomonlaridan biri shundan iboratki, asosan quyiluvchi 
(oqmas) suv omborlari uchun ularning mineral tarkibi vaqt o‘tishi bilan 
orta boradi, chunki suvning yuza qismidan doimo suv bug‘lanib turadi, 
natijada mineral moddalarning konsenratsiyasi muntazam oshib boradi. 
Suv omborlarining ikkinchi xususiyati yoz oylarida suv o‘tlarining 
kuchli  o‘sib ketishi oqibatida, asosan yashil –  ko‘k suv o‘tlari hisobiga 
va keyinchalik ularning asta-sekinlik bilan so‘lishi va parchalanishi 
natijasida suv tarkibida organik  moddalar paydo bo‘ladi va bunday suv 
manbalaridagi suv organik  birikmalar bilan boyidi.  Organik  modda-
larning  konsenratsiyasi yuqori bo‘lishi natijasida ularning parchalanishi 
uchun erigan kislorod miqdori asta-sekinlik bilan yetishmay boradi va 
natijada oraliq parchalanish moddalari - vodorod sulfid paydo bo‘ladi. 


162 
 
Yuzaki suv manbalaridagi suv albatta suv tarmog‘iga uzatilishidan 
oldin tozalanishi talab etiladi. Suv manbalarini tanlash sanitariya nazo-
rati organlarining eng javobgarlik talab etiladigan vazifalaridan biri 
hisoblanadi. Suv manbalarini tanlashdagi asosiy prinsiplardan biri uning 
sanitar ishonchli ekanligidir va suv ta’minoti uchun suv manbalari tan-
lash qoidasi va unga bo‘lgan gigiyenik hamda texnik talablar 951-2011 
Davlat Standartida o‘z aksini topgandir. Bu hujjatda ko‘rsatilishicha 
manbaning sanitar nuqtai-nazardan ishonchliligini inobatga olib quyi-
dagi tartibda tanlash amalga oshiriladi: 
- yer qatlamlari orasiga joylashgan bosimli suvlar; 
- yer qatlamlari orasiga joylashgan bosimsiz suvlar; 
- sizot suvlari va sun’iy tarzda to‘ldiriladigan manbalar; 
- ochiq suv manbalari. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish