F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Yuzaki suv havzalaridagi suvning sifatini yaxshilash



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Yuzaki suv havzalaridagi suvning sifatini yaxshilash  
 
Yuzaki suv havzalaridagi suvning
sifatini yaxshilash chizmasi
Tindirgich
Koagulyant
Birlamchi va ikkilamchi
zararsizlantirish
Filtrlanuvchi
Тoza suv idishi
 
 
Suvni tozalashdagi asosiy usullarga suvni tindirish va zararsizlan-
tirishni kiritish mumkin. 
        Suvni tindirish deganda, suv tarkibidagi muallaq holda suzib yu-
ruvchi zarrachalarni cho‘ktirish va suvni tiniqlashtirish tushuniladi. Bu 
usul ochiq suv havzalaridagi suv uchun ahamiyatli bo‘lib, ayniqsa bahor 
va qish oylarida yomg‘ir va qorlarning erishidan hosil bo‘ladigan suv 
tarkibida tuproq zarrachalari ko‘p bo‘ladi. Suv taqsimoti inshootlarida 
suvni tindirish bir necha bosqichda olib boriladi:  
1  -  tozalanishi lozim bo‘lgan suvga koagulyant qo‘shish natijasida 
ipir-ipir  g‘ovakli kompleks hosil bo‘ladi, bularning hosil bo‘lishi va 
astalik bilan cho‘kishi jarayonida loy zarrachalarini o‘ziga biriktirib 
oladi va suvni tiniqlashtiradi; 


165 
 
2 - suvni tindirish - ipir-ipir komplekslar astalik bilan hovuz tagiga 
cho‘kadi; 
3 - suvni filtrlash – havzadagi suvni to‘liq tiniqlashtirish maqsadida 
suvni maxsus filtrlar orqali o‘tkaziladi. Suvni tiniqlashtirish ayrim 
sharoitlarda ya’ni suv tarkibida fitoplanktonlar bor bo‘lgan sharoitda 
qo‘llanishi mumkin, buning uchun suvni mikrofiltrlash talab etiladi.  
Suvni zararsizlantirish – bu ichimlik suvlarini mikroorganizmlardan 
holi qilish demakdir. Buning uchun fizikaviy va kimyoviy zararsiz-
lantirish usullari ishlab chiqilgan. 
Fizikaviy usullar  –  suvni qaynatish, ultrabinafsha nur bilan ishlov 
berish. Bu usul katta hajmlardagi suvlarni zararsizlantirishda qo‘llanil-
maydi, ammo uning samaradorligi yuqori, shuning uchun markazlash-
tirilgan suv ta’minotida kimyoviy zararsizlantirish usullari ko‘proq 
qo‘llanadi. 
Kimyoviy zararsizlantirish usullari  –  suvni xlorlash, ozon bilan 
zararsizlantirish kabi usullar. Suvni xlorlashda o‘zida xlor tutuvchi 
preparatlar (xlorli ohak) qo‘shiladi. Bu moddalar suvda eritilganda 
atomar xlor ioni hosil bo‘ladi. Xlor esa bakteritsidlik xususiyatiga ega-
dir. Suvni xlorlashda suvga yetarli miqdorda xlor qo‘shilmasa, uning 
zararsizlantirish samaradorligi yuqori bo‘lmaydi, ortiqcha miqdorlarda 
xlor qo‘shilganda esa, suvning organoleptik xususiyatlari  o‘zgaradi va 
suv  kanserogenlik xususiyatlariga ega bo‘lib qolishi mumkin. Agar 
zararsizlantirilgan suv tarkibidagi qoldiq xlor miqdori ko‘p bo‘ladigan 
bo‘lsa, xlorfenol komplekslari hosil bo‘lib, ular aynan kanserogen ta’sir 
ko‘rsatish xususiyatiga egadir. Shuning uchun xlorlashni tashkil etishda 
xlorlash usulini to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish, xlorlangan suv 
tarkibida bo‘ladigan qoldiq xlorni aniqlab borish talab etiladi. 
Suvning dastlabki xususiyatlariga bog‘liq holda xlorlashni normal 
dozadagi xlorlash, giperxlorlash, xlorga ammiak qo‘shish orqali xlor-
lash, ikki martalik ya’ni tindirishdan oldin va filtrlashdan so‘ng yuqori 
dozalardagi xlor bilan xlorlash. Suvga xlorli agent qo‘shilgandan so‘ng 
xlor bilan suv o‘zaro aloqada bo‘lishi uchun  kam deganda 30 daqiqa 
vaqt kerak bo‘ladi, ko‘rsatilgan vaqtdan o‘tganidan so‘ng esa, ishlov 
berilgan suv tarkibida 0,3-0,5 mg/l qoldiq xlor qolishi kerak. 
Ozonlash usulini qo‘llaganda birlamchi ta’sir etuvchi modda bo‘lib 
ozon xizmat qiladi. Bu usul juda samarali, ammo xlorlashga nisbatan 
juda qimmatga tushadi. Ozonlash usulini qo‘llaganda suvga bu modda 
orqali ishlov berib bo‘linganidan so‘ng aralashtirish kamerasida suv bi-


166 
 
lan ozon 12 daqiqa aralashgandan keyin qoldiq ozon miqdori 0,1-0,3 
mg/l miqdorida bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. 
Suvni kimyoviy zararsizlantirish usullari qatoriga  kumush ionlari 
yordamida elektrolitik ishlov berish usulini ham keltirish mumkin. Usul 
yuqori samarali (“ilohiy suv”), ammo bunday ishlov berish usuli juda 
qimmatli hisoblanadi. 
4.1.2 – chizma 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish