4. Suv – salomatlik omili
Suv inson hayotida muhim ahamiyatga egadir. Uning ahamiyati
faqatgina inson va hayvon hayoti bilan bog‘liq bo‘lmay, balki o‘simlik
dunyosi uchun ham juda muhimdir. Suv xalq xo‘jaligida keng ko‘lamda
qo‘llanadi, jumladan sanoat korxonalari, texnik ehtiyojlar, hamda qish-
loq xo‘jaligidagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetish-
tirishda ko‘plab sarflanadi.
Suv havzalaridagi suvlardan foydalanishning asosiy turlaridan biri
bu aholi yashash joylarini suv bilan ta’minlashdir.
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va shu yerdagi aholi-
ning salomatlik ko‘rsatkichlari, ko‘pgina epidemik kasalliklarni bartaraf
qilinishi, aholi yashash joylarini obodonlashtirilishi va turar joy binolari-
ning sanitar komfortini ta’minlash masalalari chambarchas bog‘liqdir.
2015-yilda, dunyo aholisining 91%i 1990-yildagi 76% bilan taqqos-
laganda, sifatli ichimlik suvi manbalaridan foydalana oldi.
• 1990 yildan boshlab, sifatli ichimlik suvi manbalaridan 2,6 mil-
liard kishi foydalanib kelmoqda.
• Hozirgi kunda deyarli 4,2 milliard kishi suv tarmog‘idan foydalan-
moqda; 2,4 milliard aholi boshqa sifati yaxshilangan suv manbalaridan,
shu jumladan himoyalangan quduqlaridan foydalanmoqda.
• 663 million aholi sifatsiz suvdan foydalanmoqda, shu jumladan
159 million aholi yuzaki suv havzalaridan foydalanmoqda.
• Global darajada, eng kamida 1,8 milliard kishi fekal moddalar
bilan ifloslangan ichimlik suv manbalaridan foydalanmoqda.
Ifloslangan suv diareya, vabo, dizenteriya, ich terlama va polio-
miyelit kabi kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchi omil bo‘lishi
mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ifloslangan ichimlik suvi har yili 500
000 dan ortiq o‘lim holatlariga sababchidir.
• 2025-yilga borib, dunyoning yarim aholisi suv tanqisligi mavjud
bo‘lgan joylarda yashaydi.
• Kam va o‘rta daromadli mamlakatlarda sog‘liqni saqlash muassa-
salarining 38 %i hech qanday suv manbalariga ega emas, 19%i sani-
tariya holati past va 35%i qo‘l yuvish uchun sovun va suvga ega emas.
Ming yillik rivojlanishning ichimlik suvi masalasida 2010-yilda glo-
bal darajada o‘z maqsadiga erishdi. Bu sifatli suv bilan ta’minlanmagan
155
dunyo aholisini deyarli yarmiga kamaytirish edi. 48 ta eng kam
rivojlangan mamlakatlar ushbu vazifani bajarmadi, ammo bu mam-
lakatlarda muhim siljish – 1990-yildan aholining 42 %i sifatli ichimlik
suv manbalaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.
Dunyoda hali aniq geografik, ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy teng-
sizlik saqlanib qolinmoqda va bu nafaqat qishloq bilan shahar o‘rtasida,
balki kambag‘al norasmiy va noqonuniy aholi punktlarida yashayotgan
ichimlik suvi manbalaridan foydalanish cheklangan kichik va katta
shaharlardagi aholi o‘rtasida ham mavjuddir.
Ifloslangan suv va sanitariya holatining pastligi vabo, diareya,
dizenteriya, gepatit A, ich terlama va poliomiyelit kabi kasalliklarni uza-
tilishi bilan bog‘liq. Suv ta’minoti va sanitar holatni boshqarishning
yaxshi tizimga qo‘yilmaganligi va ularning nomuvofiq ishlashi yoki
umuman tashkil etilmaganligi inson salomatligi uchun xavf tug‘diradi.
Bu, ayniqsa, suv ta’minoti va sanitariya xizmati mavjud bo‘lmaganda
bemorlar va xodimlarning qo‘shimcha infeksiyalar va kasalliklar bilan
og‘rish xavfi bo‘lgan tibbiy muassasalariga taalluqlidir. Global miqyo-
sda 15% bemorlarning yuqumli kasallik bilan og‘rishi, ularning kasal-
xonada bo‘lish paytida rivojlanadi, kam ta’minlangan mamlakatlarda
esa, bu ko‘rsatkich ancha yuqoridir.
Shahar, sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindi suvlarini tozalash
millionlab odamlar tomonidan ishlatiladigan ichimlik suvini kimyoviy
yoki mikroorganizmlar bilan zararlanishining xavfli xarakterga ega
ekanligini anglatadi.
Bu 842000 kishi sifatsiz ichimlik suvi, xavfli sanitariya holati va
qo‘llarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik natijasida
diareyadan har yili vafot etadi deb baholanmoqda. Biroq diareyani
oldini olsa bo‘ladi.
Misol uchun, agar muvofiq xavf omillarini bartaraf etilganda har
yili 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 361000 o‘lim holatini oldini olish
mumkin bo‘lardi. Qayerda, suv bo‘lmasa, odamlar qo‘llarini yuvish
ahamiyatga ega bo‘lmagan chora deb o‘ylashi mumkin - bu diareya va
boshqa kasalliklarning kelib chiqish ehtimolini oshiradi.
Diareya – bu ifloslangan oziq-ovqat va suv bilan bog‘liq bo‘lgan
eng taniqli kasallik hisoblanadi, lekin bu boshqa xavf bilan ham bog‘liq.
Misol uchun ifloslangan suv iste’mol qilish ta’siri natijasida organizmda
parazit gijjalar ta’sirida kelib chiqadigan surunkali kasallik – shisto-
somoz kasalligi bilan taxminan 240 million kishi aziyat chekmoqda.
156
Dunyoning ko‘pgina yashash hududlarida suvda yashovchi va ko‘-
payuvchi hasharotlar - isitmasi kabi kasalliklarning tashuvchilari
hisoblanadi. Infeksiya tashuvchi deb nomlangan bunday hashoratlarning
ba’zilari iflos suvda emas, balki toza suvda ko‘payadi, ro‘zg‘orda foy-
dalaniladigan suv saqlash idishlari ularning ko‘payishi uchun joy bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Mazkur idishlarning qopqoqlaridan foydalanish
kabi bu oddiy chora uy sharoitida suvni najas bilan ifloslanishini oldini
olish bo‘yicha qo‘shimcha yordam berishi va infeksiya tashuvchilarning
ko‘payish darajasini kamayishiga yordam berishi mumkin.
Suvning salomatlik omili ekanligiga ta’rif berilganda uning asosiy
3 ta tutgan o‘rniga qattiq e’tibor berilishi talab etiladi.
1 - suvning fiziologik ahamiyati. Odam jismining o‘rtacha 65%
(katta yoshli odamlar uchun) – 80% (bolalar organizmi) suvdan tashkil
topgandir. Suv organizmda barcha moddalarning universal erituvchisi
hisoblanib, organizmda suvsiz ro‘y beradigan birorta ham biokimyoviy
jarayon to‘liq holda amalga oshmaydi, u hujayra elementining muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi, suv organizmdagi issiqlikning boshqarilish
jarayonida faol ishtirok etadi va h.k. Komfort sharoitdagi mikroiqlimda
organizmdagi fiziologik funksiyalarni amalga oshirish uchun bir kecha-
kunduz davomida o‘rta hisobda 1,5 litrga yaqin suv kerak bo‘ladi. Bu
miqdor organizmning minimal fiziologik ehtiyoji bo‘lib, undan kam
miqdorlarda iste’mol qilinganda organizmning suvsizlanish holati kuza-
tiladi. Organizmdan 5% miqdordagi suv yo‘qotilsa, bizda chanqash ho-
lati, 10% suv yo‘qotilganda esa, funksional o‘zgarishlar va turli pato-
logik holatlar, 20% dan ortiq suv yo‘qotilganda – organizmning suvsiz-
lanishi tufayli o‘lim yuzaga kelishi mumkin. Komfortli mikroiqlim
sharoitida suvga bo‘lgan fiziologik ehtiyoj kuniga 2,2l ni tashkil qiladi.
Bizning issiq iqlim sharoitimizning issiq fasllarida organizmning terlash
jarayoni juda yuqori bo‘lib, unga bog‘liq holda organizmning suvga
bo‘lgan fiziologik ehtiyoji bir kun uchun 8-10 litrgacha (o‘rtacha 4-5l)
ortadi.
2 - suvning gigiyenik ahamiyati. Inson o‘zining gigiyenik ehtiyoj-
larini to‘liq qondirishi uchun katta miqdorlardagi suvni sarflashi tabi-
iydir, jumladan badanning tozaligini saqlash, kiyim-boshlar, turar joylar,
idish-tovoqlarni toza saqlash, organizmni chiniqtirish masalalarida
ko‘plab suv sarflanadi. Keltirilgan maqsadlar uchun bir odam bir kecha-
kunduz davomida bir necha o‘n litr suvni sarflaydi. Aholi tomonidan suv
157
sarfining kundan-kunga ortib borishi aholi hayotidagi sanitar-gigiyenik
sharoitlarning kundan-kunga yaxshilanib borayotganligi bilan bog‘liqdir.
3 - suvning epidemiologik ahamiyati. Suv juda ko‘p kasalliklarni
uzatuvchi va tarqatuvchi omil sifatida muhim o‘rinni egallaydi, jum-
ladan- vabo, tif, paratif, ichburug‘, gepatit, brutsellez va b., hamda ayrim
turdagi invazion kasalliklar (rishta)ning tarqatuvchisidir. Bunday holat
juda ko‘p mikroorganizmlarning suv muhitida uzoq muddatlarda (bir
necha kundan bir necha oygacha) yashay olishi bilangina bog‘liq
bo‘lmay, balki ular suv muhitida o‘zlarining virulentligini ham to‘liq
saqlay oladilar.
4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |