F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Kommunal gigiyena fanining asosiy maqsadlari -  uning alohida



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Kommunal gigiyena fanining asosiy maqsadlari -  uning alohida 
bo‘lgan (quyida sanalgan) 6 ta bo‘limida berilgan: 
1.  Suv va xo‘jalik-ichimlik suv ta’minoti gigiyenasi. Mazkur bo‘-
limda ichimlik suvining sifati, tozalash qurilmalarini joylashtirish va 
ishlatish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqlarga 
qo‘yiladigan gigiyenik talablar o‘rganiladi.  
2. Suv obyektlarini sanitariya muhofazalash gigiyenasi. Ushbu bo‘-
limda suv havzalari suvlarining sifati masalalari, ularni xo‘jalik-ichimlik 


18 
 
suvi manbasi sifatida ishlatish mumkinligi hamda suv havzalari suvining 
sifatini turg‘un saqlash maqsadida chiqindi-oqova suvlarini tushirilishiga 
qo‘yiladigan gigiyenik talablar o‘rganiladi.  
3. Tuproqning sanitariya himoyasi va aholi turar joylarini sanitariya 
tozalash gigiyenasi. Bu bo‘limda tuproqni kimyoviy va biologik modda-
lar bilan ifloslanish shart-sharoitlari  o‘rganiladi. Ifloslantiruvchilarni 
tuproq orqali yer osti suvlarga, atmosfera havosiga, o‘simliklarga  o‘tib 
inson salomatligiga va turmush sharoitiga ta’sir ko‘rsatishi o‘raganiladi. 
Bo‘limda yana suyuq chiqindilarni sanitar tozalashga qo‘yiladigan 
gigiyenik talablar ham o‘rganiladi.  
4.  Atmosfera havosini sanitariya muhofazalash gigiyenasi. Bu bo‘-
limda atmosfera havosini ifloslanishining qanday darajasi aholi salomat-
ligiga zararsiz ekanligi, aholi turmushining sanitar-maishiy sharoitlarni 
buzmaydigan holati, aholi turar joylari havosi tarkibida ifloslantiruv-
chilarning gigiyenik me’yoridan oshib ketish darajasini vujudga 
kelishini oldini olish maqsadida atmosfera havosini ifloslantiruvchi 
manbalarni joylashtirishga va ishlatilishiga qo‘yiladigan gigiyenik 
talablar o‘rganiladi.  
5. Turar joy, umumjamoa, madaniy-maishiy va davolash profilakti-
ka muassasalari gigiyenasi. Bunda turar joy  binolari ichki omillarining 
inson uchun optimal darajasi (havo harakati, nisbiy namlik, havo 
harorati, xonaning radiatsion rejimi), davolash profilaktik muassasalarini 
loyihalashtirish, obodonlashtirish va jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar, 
madaniy-maishiy muassasalarni (hammom, kirxona, sartaroshxona, 
kinoteatr, teatr, sirk va boshqalarni) loyihalashtirish, obodonlashtirish va 
jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar, sport inshootlarini (suzish havzalari, 
sport komplekslari va zallari) loyihalashtirish, obodonlashtirish va 
jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar qaraladi.  
6. Aholi turar joylarini loyihalashtirish (rejalashtirish, joylashtirish) 
gigiyenasi, bu bo‘limda aholi turar joylarini rejalashtirishda tabiiy-iqlim 
sharoitlarining ahamiyati va ularni rejalashtirishda hisobga olish, aholi 
turar joylari hududlarida seliteb mintaqani rejalashtirish va qurilishga 
qo‘yiladigan gigiyenik talablar, qishloq aholisi, turar joylarini rejalash-
tirishni o‘ziga xos tomonlari o‘rganiladi. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish